|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 20/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarDIREKTOR ORINBASORI:
“ ” 201 YIL
Fan – Informatika
Sinf
|
8 «А»
|
8 «V»
|
8 «G»
|
8 «B»
|
Sana
|
|
|
|
| Mavzu: Kompyuterlarning dasturiy ta‟minoti Maqsad:
ta‘limiy: o`quvchilarga kompyuterlarning dasturiy ta‘minoti haqida ma‘lumot berish;
tarbiyaviy: o`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o`quvchilarning kompyuter haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
DTS: Kompyuterlarning dasturiy ta‘minoti haqida tushunchaga ega bo`lish
Darsning borishi
Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Takrorlash.
―VA‖ elementiga mos sxema qanday tasvirlanadi?
―YОKI‖ mantiqiy amaliga mos sxemani chizing.
Inventor sxemasi deganda nimani tushunasiz? Uni elektr sxemasida tushuntiring.
Yangi mavzuni organish.
Hozirgacha kompyuterlarning texnik tuzilishi va dasturlar haqida ma‘lumotlar oldingiz. Dastur bilan ta‘minlanmagan komputerlar quruq ―temir‖dan boshqa narsa emas. Chunki, biror bir dastursiz kompyuter xech qanday ―bilim‖ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi hisoblanadi va biror kompyuterning qo‗llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga uzviy bog‘liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‗llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya‘ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma‘lum darajada dasturiy ta‘minotga ham bog‘liqdir.
Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: texnik vositalar;
dasturiy vositalar.
Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb atalishi va
―qattiq mahsulotlar‖ deb tarjima qilininishi sizga ma‘lum (ing. hard – qattiq, ware – mahsulot). Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, printerlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to‘plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va ―yumshoq mahsulotlar‖ deb tarjima qilinadi (ing. soft – yumshoq). Bu so‗z dasturiy ta‘minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.
Bundan tashqari informatikada yana bir yo‘nalish Brainware (brain inglizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo‘nalish ajratiladi. Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o‗rganish bilan bog‘liqdir.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
Sistema dasturlari
Amaliy dasturlar
Uskunaviy dasturlar
sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan:
kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari);
foydalanilayotgan ma‘lumot nusxalarini hosil qilish;
kompyuterni ishlash imkoniyatlarini tekshirish;
kompyuter haqida ma‘lumotlar berish va hokazo.
amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma‘lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;
uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar.
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta‘minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‗llanish sohasining kengayib borishi ba‘zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o‗tib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, ba‘zi amaliy dasturlarning qo‗llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e‘tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan,
―elektron suhbatdosh‖), ularni yuqoridagi xususiyatlar bo‘yicha ajratish mushkul.
Hozirgi kunda dasturiy ta‘minotni quyidagi o‘zaro bog‘langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:
operatsion sistemalar (MS DOS, Windows naqllari, Unix, Linux, Nova, Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiq-dasturlar (Norton Commander, Far manajer, Windows Commander, Total Commander);
dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++); uskunaviy sistemalar (redaktorlar, sozlovchilar, makroassemblerlar);
integrallashgan dasturlar paketi (matn muharrirlari, matn protsessori, elektron jadvallar, ma‘lumotlar omborini boshqarish sistemalari);
mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muxandislik, o‘quv, animatsion, ijodiy); ma‘lumotlar omborini boshqarish sistemalari (FoxPro, Access, Paradox);
amaliy dasturiy ta‘minot (buxgalterlik, nashriyot, avtomatik loyixalash sistemalari, elektron jadvallar).
Ko‘pincha amaliy dasturlarni ilovalar (rus. приложения) deb ham atashadi. Barcha ilovalar alohida dastur sifatida yoki integrallashgan (birlashtirilgan) sistemalar sifatida qaralishi mumkin. Odatda, ekspert sistemalar, matematik hisoblash, modellashtirish va tajriba natijalarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek ofis sistemalari integrallashgan sistemalardan iborat. Keng tarqalgan va qulay integrallashgan sistemaga misol sifatida Microsoft Office integrallashgan sistemasini olish mumkin. Microsoft Office integrallashgan sistemasi o‘z ichiga matn protsessori, elektron jadval, ma‘lumotlarni boshqarish sistemasi, taqdimot hosil qilish dasturi, elektron pochta bilan ishlash dasturi va boshqa dasturlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu integrallashgan sistemadagi biror dastur yordamida hosil qilingan ma‘lumotlarni sistema ichidagi boshqa dasturlarga osongina bog‘lash mumkin.
Sistema dasturlarining bir bo‘lagi sifatida yordamchi dasturlar – utilitlar (lotin. – foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi ham mumkin.
Utilitlarning ba‘zi ko‘rinishlari:
kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o‟tkazuvchi dasturlar; kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi drayver dasturlar;
axborotni zichroq yozilishini ta‘minlovchi arxiviator dasturlar;
kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi va foydalanuvchi ishiga hala beruvchi dasturlardan himoyalovchi antivirus va antispam dasturlar;
kompyuterlar orasida ma‘lumot almashishni ta‘minlovchi kommunikatsiya dasturlari;
kompakt disklarga yozishni ta‟minlovchi dasturlar;
nompyuterni multimedia imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar va hokazo.
Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot tarqatilishi va targ‘ib qilinishi bo‘yicha quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:
Software – qiymati 100% to‘langanidan keyin o‘rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta‘minot. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari, Adobe Photoshop va Macromedia Flash naqllari,
Shareware (ing. Share – qisman) – aprobatsiya, ya‘ni sinovdan o‘tkazish muddatiga ega bo‘lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ba‘zan bunday dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga shunday dastur zarur bo‘lsa, u dasturni to‘liq naqlini xarid qilib olishi mumkin. Bu kabi dasturlarni Internet tarmog‘idan jahonga mashxur Download.com katalogidan, dasturlarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Softpedia agentligidan, rossiyaning Softkey katalogidan topish mumkin.
Freeware (ing. Free – erkin) – mutlaqo bepul dasturiy ta‘minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. Bu dasturlardan tekin foydalanish mumkin, lekin dasturni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Chunki, dasturning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi.
Free and Open Source Software (ing. erkin va birlamchi kodi ochiq) – mutlaqo bepul va birlamchi kodi ochiq dasturiy ta‘minot. Foydalanuvchi bu kabi dasturlarni tekin ishlatish bilan birga o‘z imkoniyatlari va ehtiyojiga moslab o‘zgartirishi mumkin.
Kompyuterga dasturiy ta‘minotni o‘rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, uni o‘chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta‘minotni o‘rnatishdan oldin dasturning sistemaga bo‘lgan talablarini, ya‘ni kompyuter qurilmalariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfiguratsiyasi (ya‘ni, kompyuter qismlarining imkoniyati) dasturning talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto‘g‘ri ishlaydi.
Ba‘zi dasturlar installatsiya qilinishi shart emas. Ularni faqatgina nusxalab olish kifoya. Bunday dasturlar, odatda, biror bir yo‘nalishdagi ishni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shuni unutmangki, kompyuter “virusi‖ ham dasturdir. Lekin bu dastur boshqa dasturlarga birikib olib yoki mustaqil ravishda ishlaydi hamda foydalanuvchi ishiga yordam berish o‗rniga uning ishlariga zarar yetkazadi: ma‘lumotlarni o‗chiradi yoki buzadi, kompyuter qismlari ishini o‘zgartiradi, tezkor xotirani to‘ldirib kompyuter ishlashini sekinlashtiradi va hokazo.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|