Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




Download 3,15 Mb.
bet23/62
Sana12.01.2024
Hajmi3,15 Mb.
#135281
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta‟minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi.


Odatda, operatsion sistema tashqi xotira – diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi.
Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko‘rmoqchi bo‗lsangiz, quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog‗idan suv olmoqchi bo‗lsangiz esa jo‗mrakni burashingiz yetarli. Odatda, elektr qanday hosil qilindi yoki nima uchun televizordan qo‘shiq taralmoqda, toza suv qayerdan va qanday oqib kelmoqda kabi
savollar bilan boshingizni qotirib o‘tirmaysiz. Agar keng ko‗lamdagi xizmat ko‗rsatish tarmoqlari majmui, qurilmalari va xizmatchilari bo‘lmaganda edi, sizga bu resurslarni (misolimizda suv, elektr toki va televizion texnologiya) olish uchun ko‗pdan-ko‗p ishlarni bajarish lozim bo‗lar edi. Masalan, katta orolda yolg‗iz qolgan kishi suv olishi uchun o‗zi quduq qazishi; o‗tin yoki qurilish uchun lozim bo‗lgan yog‗och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo‗nishi; oziq-ovqat uchun o‗zi bug‗doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo‗ladi.
Dastlabki EHMlar ishlab chiqarilgan davrda oddiy arifmetik amalni bajarish uchun ham katta hajmdagi ishlar bajarilar edi (ifodada ishtirok etgan har bir ma‘lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan hamda natija yoziladigan barcha adreslarni ko‘rsatish, javobni qanday olishni aniqlashtirish va boshqalar talab etilar edi, chunki ular dasturda ko‗rsatilishi zarur edi-da). Bu kabi ishlarni osonroq hal etish uchun turli xil yordamchi dasturlar ishlab chiqildi, ishlab chiqilgan dasturlarni tartib bilan bajarishni ko‘rsatish uchun yana qo‘shimcha dasturlar ishlab chiqildi. Keyinchalik turli foydalanuvchiga kerakli turli dasturlarni tanlash va boshqarish uchun yana yordamchi dasturlar ishlab chiqildi. Shu kabi yillar davomida ishlab dasturchilar yagona nom bilan birlashtrilgan, ya‘ni operatsion sistema deb atalgan, dasturlar majmuini ishlab chiqishdi.
Shunday savolga javob beraylik: mazkur yordamchi dasturlar majmui bo‗lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo‗lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang‗ich ma‘lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko‗rsatish kabi ma‘lumotlarni yozib yurishi talab qilinadi. Agar siz EHM ning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni ishlatmoqchi bo‗lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak bo‘ladi. Shuningdek, qurilmalar ishlashi bilan bog‗liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo‗lar edi. Demak, yordamchi dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
Ta‘kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko‗ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‗ladi, shunday bo‗lsa-da, ularning vazifasi bir: foydalanuvchi qulay interfeysga ega bo‘lishi uchun ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta‘minlashdan iborat.
Operatsion sistema foydalanuvchi bilan muloqot o‘rnatadi, boshqa dasturlarni bajarishga yo‘llaydi, kompyuterning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi joylarni va hokazo) taqsimlaydi. U foydalanuvchiga dasturlarni ishga tushurish, turli ma‘lumotlarni ularga yo‘llash va ulardan olish, dastur ishini boshqarish, kompyuter va ularga birlashtirilgan qurilma parametrlarini o‘zgartirish, resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatini beradi. Sodda qilib aytganda, shaxsiy kompyuterda ishlash – operatsion sistema bilan muloqot demakdir.
Shaxsiy kompyuter, demak-ki, ularning operatsion sistemalaridan butun dunyoda millionlab kishilar foydalanadilar. Hozirgi axborot texnologiyalari davrida kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanishish telefonda qo‘ng‘iroq qilish va televizorni elektr manbaga ulash ko‘nikmasi, ma‘lumotnoma va lug‘atlardan, pochtadan va bankdan foydalanish ko‘nikmalari kabi zarur bo‘lmoqda.
Bittagina operatsion sistemaning tavsifi bir nechta kitoblarni to‘ldiradi, uni to‘liq o‘rganish uchun esa yillar zarur bo‘ladi. Baxtimizga, operatsion sistemalardan unumli foydalanish uchun juda ham kam narsani, ya‘ni uning umumiy ishlash tamoyillari va asosiy amallarini bajarishni bilish kifoya. Chunki, hozirgi operatsion sistemalar juda ko‘p amallarni bajarilishida biz bilishimiz shart bo‘lmagan vazifalarni, masalan, o‘qiydigan kallaklarni aniq bir sektorga qanday o‘rnatishni, aniq bir yo‘ldan axborotni o‘qishni, diskdagi bo‘sh joyni topishni va unga fayl yozishni qanday amalga oshirilishini bizdan berkitadi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi operatsion sistema CP/M (Control Programm for Microcompyuters) deb nomlanib, u 1973-yilda Digital Research kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Operatsion sistemalar juda ko‘p bo‘lib, ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: MS DOS, PRO DOS, OS/2, FreeBSD, MICROSOFT WINDOWS, UNIX, LINUX, MAC OS.
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladilar.
Хususan, operatsion sistemani quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin: bir masalali va ko‘p masalali;
bir foydalanuvchili va ko‘p foydalanuvchili.
Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bunday sistemalar odatda bitta dasturni asosiy tartibda va yana bitta qo‘shimcha dasturni asosiy dastur tarkibida ishga tushirish imkoniyatini beradi. Masalan, asosiy tartibda matn protsessorini, qo‘shimcha sifatida chop etish dasturini ishga tushurish mumkin.
Ko‘p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o‘zida bir necha dasturni ishga tushurish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar. Masalan, bir dastur odam bilan shaxmat o‘ynashi, ikkinchisi - modem orqali boshqa kompyuterlar-dagi axborotlarni tekshirishi, uchinchisi musiqa eshittirishi mumkin.
Bir masalalik operatsion sistemalar sodda, ixcham va kichik resursli kompyuterlarda ishlatilgan, lekin ular ko‘p masalalik operatsion sistemalarga ishlash qulayligi nuqtai-nazaridan yutqazdilar va, shuning uchun ham, ular tez amaliyotdan olib tashlandi.
Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishini ishlashiga imkon beradi. Bu holda, albatta, bir necha foydalanuvchi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin. Bu holda barcha axborot barcha foydalanuvchi uchun ochiq bo‘ladi.
Ko‘p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foydalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy axborotlaridan foydalanishi mumkin. Ba‘zi ko‘p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o‘zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi.
Har qanday operatsion sistemadan quyidagi sifatlarni bo‘lishi talab etiladi:


  1. Download 3,15 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

Download 3,15 Mb.