|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 26/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar
Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Takrorlash.
Operatsion sistema deganda nimani tushunasiz?
Operatsion sistema ishini izohlab bering.
Operatsion sistemalarning sinflarini yoritib bering.
Operatsion sistemaning qanday sifatlari bor?
Operatsion sistemaning ishonchlilik va himoyalash sifatlari deganda nimani tushunasiz?
Operatsion sistemaning samaradorlik va qulaylik sifatlari nima?
Operatsion sistemaning asosiy vazifalarini misollar yordamida so‘zlab bering.
Yangi mavzuni o`rganish.
Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo‗libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amalda ish bajarishga, balki o‗zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko‗rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik yoki muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo‗llaniladi.
Operatsion sistema tarkibi, asosan, quyidagi 3 guruhdan iborat:
vazifalarni rejalashtiruvchi qismni, qurilmalar drayverlarini, xotirani va fayl sistemasini boshqarish dasturini o‘z ichiga olgan operatsion sistema o‘zagi (rus. ядро, ing. kernel);
sistema kutubxonasi; utilitlar qobig‘i.
Kompyuterdagi jarayonlar bilan bog‘liq barcha amallar operatsion sistemaning o‘zagi
boshqaruvida bajariladi. Shu sababli o‘zak uchun tezkor xotirada doimo joy ajratiladi va har qanday boshqa ma‘lumotlardan ustunlikka egadir. Operatsion sistemaning kichik bir qismini tashkil etgan o‘zak doimiy ish holatida bo‘ladi va shuning uchun doimo tezkor xotirada saqlanadi. Operatsion sistemaning boshqa qismlari va har qanday boshqa ma‘lumotlar esa kerak bo‘lganda tezkor xotiraga yuklanadi va ish tugagach asosiy xotiraga o‘tkaziladi.
Operatsion sistemaning o‘zagi, asosan, quyidagi dasturlardan iborat bo‘ladi:
uzilishlarni tahlil qilish moduli;
jarayonlarni hosil qilish va o‘chirish;
jarayonlarni bir holatdan boshqasiga o‘tkazish;
jarayonlarni muvofiqlashtirish;
kiritish-chiqarish amallarini boshqarish;
xotirani taqsimlash va qayta taqsimlash;
fayl sistemasi ishini boshqarish;
ishlarni hisobga olish va boshqalar.
O‘zakning eng asosiy vazifalaridan biri uzilishlarni tahlil etish hisoblanadi. Biror vazifa bajarilish jarayonida turlicha uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, printerga chop etish buyrug‘i berilganda printer ishida uzilish bo‘lsa, u holda printer ishining to‘xtash sababini aniqlash, agar uzilish vazifa to‘liq bajarilganligi sababli bo‘lsa printerni to‘xtatish va u bilan aloqani uzish, agar qo‘g‘oz qolmagan bo‘lsa chop etishni to‘xtatish va bu haqida foydalanuvchiga xabar berish, agar rang kukuni tugagan bo‘lsa chop etishni to‘xtatish va bu haqida foydalanuv-chiga xabar berish, agar qog‘oz tiqilib qolgan bo‘lsa chop etishni to‘xtatish va bu haqida foydalanuvchiga xabar berish, agar printer ulanmagan bo‘lsa bu haqida foydalanuvchiga xabar berish, va hokazo. Har bir uzilish o‘z kodiga ega va u protsessor tomonidan o‘zakka yuboriladi. Shu uzilish mazmuniga mos ravishda foydalanuvchiga axborot yuboriladi.
Operatsion sistemaning o‘zagi turlicha arxitekturada tashkil etilgan bo‘lishi mumkin: monolit, modulli, mikroo‘zak, nanoo‘zak, gibrid va boshqalar.
Operatsion sistemani yuklanishi, masalan, Windows naqllarida, quyidagicha amalga oshadi:
ma„lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS): doimiy xotirada joylashgan bo‘lib, kompyuter ishga tushirilganda kiritish va chiqarish bilan bog‘liq amallarini bajaradi, kerakli qurilmalarni (klaviatura, monitor, tezkor xotira va hokazo) tekshirishdan o‘tkazadi hamda operatsion sistemani faollashtiruvchi dasturni chaqiradi;
operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record) – juda qisqa dastur bo‘lib, uning vazifasi tezkor xotiraga ma‗lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli va amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan uzilishlarni tahlil qilish modulini yuklashdan iborat;
ma„lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli (IO.SYS) – asosiy va qo‘shimcha qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi drayverlarni yuklaydi;
amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo„lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli (MSDOS.SYS) – biror dastur ishida hosil bo‘lgan uzililishlarni tahlil etish va uning natijasiga ko‘ra zaruriy choralar ko‘rish;
buyruq protsessori (COMMAND.COM) - sistema diskida joylashgan bo‘lib, asosiy vazifasi foydalanuvchilarning operatsion sistemaga yuborgan buyruq yoki ko‗rsatmalarini qabul qilish, tahlil qilish va, lozim bo‗lganda, bajarish hamda foydalanuvchi dasturlarining buyruqlarini qayta ishlashdan iborat;
operatsion sistema utilitlari – operatsion sistema bilan birga beriladigan disketlarni nishonlash, disklarni tekshirish kabi alohida vazifalarni bajaruvchi dasturlar.
Quyidagi rasmda shu qismlar aks ettirilgan:
Ma‗lumotlarni xotiraga kiritish va
Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur
Ma‗lumotlarni kiritish- chiqarish sistemasini
Amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan uzilishlarni
Buyruq protsessori (Command.COM)
Operatsion sistema utilitlari Format.COM, Chkdsk.COM, Mode.COM,
ENTER
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|