|
Mavzu: Windows operatsion sistemasi Maqsad
|
bet | 34/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar Mavzu: Windows operatsion sistemasi Maqsad:
ta‘limiy: O`quvchilarga Windows operatsion sistemasi haqida ma‘lumot berish;
tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;
rivojlantiruvchi: o`quvchilarning operatsion sistemalar haqidagi bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish.
DTS: Windows operatsion sitemasi haqida tushunchga ega bo`lish
Tashkiliy davr
Takrorlash
Yangi mavzuni o`rganish
Kompyuterlar texnik tomondan mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg‗otdi. Bu ishga birinchi bo‗lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985-yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi e‘tiborli afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda go‘zalroq tasvirlangan edi. Shunday bo‗lsada, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi naqllarining ishlab chiqarilishiga turtki bo‗ldi. 1987-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiq-dasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo‗lsada, foydalanuvchilar tomonidan qo‗llab-quvvatlanmadi.
Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta‗minlay oladigan sistemalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. 1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar sistemasining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 to‗la jadval holatida ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtirdi. Lekin u MS DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. Keyinchalik, 1992- yilda WINDOWS 3.1 ishlab chiqarilib, unda WINDOWS 3.0 da yo‗l qo‗yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993-yilda bir necha kompyuterlarni lokal tarmoq orqali bog‗lab ishlatish imkoniyatini beruv- chi WINDOWS 3.11 dasturlar sistemasi ishlab chiqildi.
1995-yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion sistema bo‗ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
―WINDOW‖ inglizcha so‗z bo‗lib, o‗zbek tiliga ―oyna‖, ―lavha‖ deb, ―WINDOWS‖ so‗zi esa
―oynalar‖, ―lavhalar‖ deb tarjima qilinadi. Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo‗lgan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarni rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarni keng omma tomonidan qo‗llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o‗zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda ishlab chiqarildi. 1998-yilning yozida yaratilgan
WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o‗z-o‗zini ―tuzatish‖ va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo‗yilayotgan talabning ortib borishi 1999-yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion sistemasining ishlab chiqarishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yanada to‗laroq foydalanish imkonini berdi.
Bu muhitni grafik operatsion sistema deyilishiga sabab, foydalanuvchi interfeysi, dastur va ma‘lumotlar fayllari monitor oynasida piktogrammalar ko‘rinishida aks ettirilishidadir. Fayllar bilan ishlash xohishga qarab sichqoncha yoki klaviatura yordamida amalga oshirilishi mumkin.
2001-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS XP (eXPerience – tajriba, sinov) operatsion sistemasi WINDOWS ning avvalgi naqllaridan o‗zagi bilan tubdan farqlanadi. Shu bilan birga yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining go‘zalligi, o‗z-o‗zini «tuzatish» va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi, kompyuter resurslaridan yanada to‗laroq foydalanish imkoniyati, juda ko‘p qurilmalarning drayverlarini o‗z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.
Foydalanuvchining xohishiga ko‗ra WINDOWS operatsion sistemasi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda WINDOWS operatsion sistemasi tarkibida ishlashga mo‗ljallangan juda ko‗p maxsus dasturlar majmuasi ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Microsoft Office dasturlar paketi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalaniladigan hujjatlarni tayyorlash, turli hisob-kitob ishlarini va boshqa o‗nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o‗z ichiga oladi.
|
| |