• Vazifa
  • «siste­ma»
  • foydalanuvchi
  • Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi




    Download 1,81 Mb.
    bet23/63
    Sana22.05.2021
    Hajmi1,81 Mb.
    #14576
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
    Darsning borishi:

    1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

    2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

    2.Savol – javob kartochkalari

    3.Test

    Vazifa: darslikdagi 4.1-$ ni o’qish, 65-betdagi 8-mashq

    Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.

    Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.

    Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I

    «Operatsion sistema» tushunchasiga aniq ta'rif berish qiyin. Chunki «siste­ma» so'zi turii soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi; «Operatsion» so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada «amal» de-gan ma'noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi. Xo'sh, unda «Operatsion sistema»ni qanday tushunish kerak?

    Aval uning foydalanuvchisi to'g'risida fikriashaylik.

    «Operatsion sistemaning foydalanuvchisi» tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo'lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi — mazkur sistemada ishlashi mumkin bo'lgan shaxs.

    Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuv­chi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqotni ta'minlaydi va bu muloqot Operatsion sistema deb yuritiladi.Operatsion sistemani disk Operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.

    EHM Operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog'ini yoqmoqchi bo'lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz, jo'mrakni burashingiz yetarli. Keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko'pdan-ko'p ishlami bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin yoki qurilish uchun lozim bo'lgan yog'och olish uchun daraxtlami kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi islarni bajarish kerak bo’ladi.

    EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma'lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslami bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edi-da). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlami yengillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda.

    Xo'sh, mazkur «yordamchi» dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo'lur edi?

    Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma'lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko'rsatishi talab qilinadi.

    Agar siz EHM ning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, diskyurituvchi va boshqalar)ni qo'llamoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ulami boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak. Shuningdek, qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turii ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, «yordamchi» dasturlaming xizmati beqiyos ekan.

    Ta'kidlash lozimki, kompyuterlaming texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi Operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsada, ulaming vazifasi yagona — ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta'minlashdan iborat.

    Dasturii ta'mirtot o'z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparath («vositaviy») asossifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturii ta'minot amallarini dasturii asos sifatida ishlatadi.

    Bajaradigan vazifalaridan qat'i nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi:

    1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.

    2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'zishiga boshqa foydalanuvchilaming xalaqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma'lumotlarini 2galar xatolari ta'siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.

    3.Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, siste­maning o'zi ancha ixcham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.

    4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turii maqsadii va turii algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng quiayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.


    Download 1,81 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




    Download 1,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi

    Download 1,81 Mb.