|
Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi
|
bet | 31/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
* V 0083 COPY
Bu yerda
* — faylning turii o'zgartirishlar kiritilishidan himoyalanganligini bildiradi;
V — fayl turini ko'rsatadi;
0083 - fayl hajmi;
COPY - fayl nomi.
Kataloglar. EMD larda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog — bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMD dagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMD da bir necha katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi.
Kataloglar aslida maxsus ko'rinishdagi fayllar bo'lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o'z nomiga ega bo'lib, u boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda, katalog nomiga X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi. Katalog — fayl emas, baiki fayllar yozish va katalog osti ochish uchun joy ajratishdir.
Qiyosiy ma'noda katalogni ko'p qavatii va har bir qavatida ko'plab xonalar bo'lgan uyga o'xshatish mumkin:
Bu yerda quyidagi qiyosiy belgilashlar kiritilgan:
Imorat — bu qo'zg'almas disk («vinchester»);
Qavatlar — shartii ravishda C:, D:, E: deb nomlangan disk qismlari;
Qavatlardagi R,S koridor va 1—8-xonalar shu disklarning qismlari — direktoriylar va direktoriy ostlari.
«Pravets», «Korvet», «Agat» kabi kompyuterlarda faqat bosh katalog bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mazkur kompyuterlarda hozirda qo'llanilayotgan DOS pog'onali kataloglar bilan ishlash imkoniyatiga ega emas. Yuqorida sanab o'tilgan kompyuterlarda EMD lar kichik hajmda ishla tilishi sababli ularda pog'onali kataloglar hosil qilish zarurati ham yo'q.
|
| |