|
COMMAND.COM, DASTUR.TXT va h.b
|
bet | 30/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
COMMAND.COM, DASTUR.TXT va h.b.
Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma'lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan:
com, exe — kompyuter «tili»ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma-ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi;
bat — buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar;
bas — Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur;
pas — Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur;
chi —Chi Writer matn muharririda hosil qilingan matn.
Bat kengaytmali fayllar, ya'ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'Igan bir necha buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn muhamrlari yordamida hosil qilinishi mumkin (masalan, yuqorida ko'rilgan AUTOEXEC.BAT fayli).
«Pravets-8», «Agat» kabi kompyuterlarda fayl nomi kengaytmasi bo'lmagani sababli, turli tipdagi fayllarni nomiga qarab ajratib bo'lmaydi. Lekin EMD dagi fayllar ro'yxati ekranga fayl tipiga mos belgi bilan chiqadi. Bu belgilar quyidagicha:
A — Beysik dasturlash tilida hosil qilingan dastur;
В — mashinaning ichki tilida (assemblerda) tuzilgan dastur;
Т'— matn ko'rinishidagi fayl;
I — butun qiymatii Beysik tilidagi dastur.
Ro'yxatdagi fayl nomi quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:
|
| |