|
Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi
|
bet | 27/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
Darsning borishi:
1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
2.Savol – javob kartochkalari
3.Test
Vazifa: darslikdagi 4.5-$ ni o’qish, 79-betdagi 6-7-mashq
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Ma'lumki, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqotni operatsion sistema ta'minlaydi. Shu bois, operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo'lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shuncha oson va samarali bo'ladi.
Hozirda eng ommaviy sanalgan MS-DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o'rtasida vositachi rolini o'tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o'zi rivojianish natijisida haddan ziyod ko'p buyruqlar bilan to'lib-toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasida yangi vositachi yaratish ehtiyoji tug'ildi va natijada aperatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion sistema bilan ishlashga ko'maklashadigan dasturdir. Eng ommaviy qobiq dasturiardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq dasturi mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta quiayliklarni keltirib chiqardi.
Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko'rgazmali tarzda ko'rsatib turadi. Ma'lumki, operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko'p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o'nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri — uning, operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq dastumi tark etmasdan turib, biror dastumi tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to'g'ri kelsa, ulami takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug'i yoki amaliy dastur bajarib bo'lingandan so'ng yana Norton Commanderga qaytiladi.
Kompyuterlar texnik tomondan mukammallashib, ularning grafik imkoniyatlarining rivojianib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq dasturlar yaratish fikrini uyg'otdi. Bu ishga birinchi bo'lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985-yilda yaratilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq dasturi aytarii afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda chiroyliroq tasvirlangan. Shunday bo'lsa-da, u grafik qobiq-dasturlaming keyingi naqllarining yaratilishiga turtki bo'ldi. 1987-yilda yaratilgan WINDOWS2.0 grafik qobiqda WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo'llab-quvatlanmadi.
1990-yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. Keyinchalik, 1992-yilda WINDOWS 3.1 yaratilib, unda WINDOWS 3.0 da yo'l qo'yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993-yilda bir necha kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lab ishlatish imkoniyatim (lokal tarmoq, bu haqda keyingi paragraflarda batafsil fikr yuritiladi) beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar tizimi yaratildi.
WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangilni koniyatlar yaratgani sababli uni grafik qobiq emas, grafik muhil deyish qabul qilingan.
Quyida WINDOWSni boshqa qobiq-dasturlardan farqlab turadigan ba'zi xususiyatlari keltirilgan.
Ко 'pvazifalilik. Bir vaqtda bir necha dastumi ishga tushirish imkoniyati mavjud.
Yagona dasturiy interfeys. WINDOWS uchun yaratilgan dasturlar bir-biri bilan shunday aloqadaki, bir dasturda hosil qilingan ma'lumotlarni boshqa dasturga olib o'tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi. WINDOWS uchun yaratilgan barcha dasturlarda foydalanuvchi bilan muloqot usuli deyarii bir xil. Shu sababli bunday dasturlarning bittasi bilan ishlashni o'zlashtirib olgan foydalanuvchi boshqasini ham oson o'zlashtirib oladi.
Grafik interfeys. Dastur va ma'lumotlar fayllari ekranda o'ziga xos rasmli nishonlar ko'rinishida tasvirlanadi. Fayllar bilan ishlash «sichqoncha» yor-damida amalga oshiriladi.
Yagona apparatli-dasturiy interfeys. WINDOWS turli-tuman qurilmalar va dasturlarning mutanosib ishlashini o'z zimmasiga oladi.
Vazifa: darslikdagi 4.5-$ ni o’qish, 79-betdagi 6-7-mashq
«TASDIQLAYMAN»
o'quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari________________________________
O’qituvchi salomidan so’ng o’quvchilar shiori –
“Zamonaviy fanni o’rganmoqqa, Biz tayyormiz saboqqa ”.
|
| |