|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi
|
bet | 1/7 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #264141 |
Bog'liq ERGASHEVA ZEBO KTXK mustaqil ish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
100-22 GURUX TALABASI
ERGASHEVA ZEBONING
KOMPYUTERGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Fan o`qituvchisi: __________Akbar Xalikov
2023-2024 o`quv yil
Mavzu: Windows operatsion tizimini kompyutrga o’rnatish.
Reja:
1.windows operatsion tizimi.
2. Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatish
3. Windows 10 o'rnatish xizmati
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kompyuterlarning texnik tomondan mukammallashishi hamda grafik imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq-dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg’otdi. Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft kompaniyasi kirishdi. Mazkur kompaniya tomonidan 1985- yilda ishlab chiqilgan WINDOWS 1.0 grafik qobiq-dasturi e’tiborli afzalliklarga ega emas edi. Unda fayllar ekranda go’zalroq tasvirlangan edi. Shunday bo’lsa-da, u grafik qobiq-dasturlarning keyingi turkumlarining ishlab chiqarilishiga turtki bo’ldi. 1987- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 2.0 grafik qobiq-dasturida WINDOWS 1.0 dagi kamchiliklar bartaraf etilgan bo’lsa-da, foydalanuvchilar tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.
WINDOWS 1.0
WINDOWS 2.0
Operatsion tizimlarning rivojlanishi foydalanuvchining turli talablari asosida xotiradan kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta’minlay oladigan tizimlarning ishlab chiqilishiga olib keldi. 1990- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS 3.0 dasturi birinchi ommaviy grafik qobiq-dasturga aylandi. WINDOWS 3.0 dasturlar tizimining asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 ning to’la jadval holatida ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtirdi. Lekin u MS DOS operatsion tizimi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion tizim emas, balki grafik muhit sifatida tan olindi. Keyinchalik, 1992- yilda WINDOWS 3.1 ishlab chiqarilib, unda WINDOWS 3.0 da yo’l qo’yilgan xatolar bartaraf etildi. 1993- yilda bir necha kompyuterlarni lokal tarmoq orqali bog’lab ishlatish imkoniyatini beruvchi WINDOWS 3.11 dasturlar tizimi ishlab chiqildi.
1995- yilning sentabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS 95 birinchi grafik operatsion tizim bo’ldi. Umuman, WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni grafik qobiq-dastur emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
“WINDOW” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tiliga “oyna”, “lavha”, “darcha” deb, “WINDOWS” so’zi esa “oynalar”, “lavhalar”, “darchalar” deb tarjima qilinadi. Mazkur tizimning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan bunday operatsion tizimning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarning rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarning keng omma tomonidan qo’llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o’zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda ishlab chiqarildi. 1998- yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o’z-o’zini “tuzatish” va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion tizimlarga qo’yilayotgan talabning ortib borishi 1999-yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion tizimining ishlab chiqarilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yana-da to’laroq foydalanish imkonini berdi.
Bu muhitni grafik operatsion tizim deyilishiga sabab, foydalanuvchi interfeysi, dastur va ma’lumotlar fayllari monitor oynasida piktogrammalar ko’rinishida aks ettirilishidadir. Fayllar bilan ishlash xohishga qarab sichqoncha yoki klaviatura yordamida amalga oshirilishi mumkin.
2001- yilda ishlab chiqarilgan WINDOWS XP (eXPerience – tajriba, sinov) operatsion tizimi WINDOWSning avvalgi naqllaridan o’zagi bilan tubdan farqlanadi. Shu bilan birga yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining go’zalligi, o’z-o’zini “tuzatish” va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi, kompyuter resurslaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyati, juda ko’p qurilmalarning drayverlarini o’z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.
Undan tashqari 2007 yildan boshlab qisqa davr ichida Windowsning – Windows Vista – 2007 yilda, Windows 7 – 2009 yilda, Windows 8 – 2012, windows 10 2015 yil kabi turkumlari ham yaratildi.
Quyidagi rasmda WINDOWS operatsion tizimi turkumlaridan biri bo’lgan WINDOWS 7 operatsion tizimining ish stoli va bir nechta amaliy dasturlarning interfeysi ko’rinishi tasvirlangan.
Foydalanuvchining xohishiga ko’ra WINDOWS operatsion tizimi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda WINDOWS operatsion tizimi tarkibida ishlashga mo’ljallangan juda ko’p maxsus dasturlar majmuasi ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Microsoft Office dasturlar paketi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalaniladigan hujjatlarni tayyorlash, turli hisob-kitob ishlarini va boshqa o’nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o’z ichiga oladi.
|
| |