|
piktogramma – obyektni aniqlovchi tasviri, uning yordamida obyektlar bilan ishlanadi;
fayl belgisi
|
bet | 3/7 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #264141 |
Bog'liq ERGASHEVA ZEBO KTXK mustaqil ishpiktogramma – obyektni aniqlovchi tasviri, uning yordamida obyektlar bilan ishlanadi;
fayl belgisi – faylni ko’rsatuvchi fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi;
yorliq – istalgan katalogga joylashtirish mumkin bo’lgan fayl va papkaga tez murojaat qilish uchun foydalaniladigan belgi turi bo’lib, ular biror obyektni ishga tushiradi va qanday obyekt ekanligini ifodalaydi;
papka (katalog) – WINDOWS obyektlarini birlashtiruvchi element bo’lib, unda fayllar va yana ichki joylashtirilgan papkalar bo’lishi mumkin.
papka oynasi – ochilgan papkaning ko’rinishi.
Мой компьютер (Mening kompyuterim) sistema katalogi.
savatcha – o’chirilgan ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.
sichqoncha – grafik operatsion tizimdagi obyektlarni boshqarish qurilmasi.
Sichqoncha chap va o’ng tugmachalari, qo’shimcha tugma yoki g’ildirakchadan iborat bo’lishi mumkin. Agar sichqonchani maxsus gilamchada harakatlantirilsa, u holda elektr signallari monitor oynasidagi sichqoncha ko’rsatkichini harakatga keltiradi va, natijada, bir joydan boshqa joyga o’tkaziladi. Sichqoncha ko’rsatkichi ham obyekt bo’lib, u shakli bilan aniqlanadi. Ko’rsatkich shakli yo’naltirilgan obyektga qarab o’zgaradi. Uning bu xususiyatiga kontekstli sezuvchanlik deyiladi. Biror bir obyekt yoki operatsion sistema elementidan foydalanish uchun ko’rsatkich shu obyektga yo’naltiriladi va sichqoncha tugmachasini (odatda, asosiy hisoblangan chap tugmachani) bir yoki qisqa vaqt ichida ikki marta bosiladi. Natijada, mo’ljallangan obyekt ishga tushiriladi. Ko’rsatkichni obyekt ustiga keltirilib biroz kutilsa, obyekt haqida qisqa xabar paydo bo’ladi.
Masalalar paneli (Панель задач) – ish stolining quyi qismida joylashgan panel bo’lib, u asosan joriy vaqtda ishlayotgan dasturlar haqida ma’lumot berish va ularni boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu panelning chap tomonida Пуск tugmasi, keyin esa tezda ishga tushiriladigan dasturlarning piktogrammalari joylashadi. O’ng tomonida esa kompyuter ishga tushganidan boshlab ishlay boshlaydigan va, asosan, turli xizmat ko’rsatuvchi dasturlarning piktogrammalari joylashgan bo’ladi.
(Start, ya’ni Boshlash) tugmasi – bosilganda ekranda Bosh menyu aks etadi. Bosh menyuda Windowsda ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.
yo’l boshlovchi (Проводник) – operatsion sistemaning fayl tuzilishini ko’rib chiqish, fayllar, disklar va tarmoqlar ulanishini boshqarish vositasi.
|
| |