Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi




Download 1,81 Mb.
bet4/63
Sana22.05.2021
Hajmi1,81 Mb.
#14576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592—1636) tomonidan 1623-yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birin­chi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki jildli qo'lyozmasi topilgan. Qo'lyozmadag chizmalar ichida o'n uchta raqamli sonlarni qo'sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo'lib, ular asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'lum bo'ldi Shunga ko'ra, uyg'onish davrining buyuk rassomi, matematigi italiyalik olim Leonardo da Vinchi (1452—1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Vilgelm Shikkard yasagan mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda qo'llanilmadi.

«Fransuzlaming Arximedi» degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda keyinchalik keng ko'lamda go'llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi.

Ana shu ixtiro tufayli quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:

Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?

Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinaga qay usulda kiritish kerak?

Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?

Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?

Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasviriash kerak?



1642—1645-yillarda Pascal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini yaratdi.

Ularning eng mukammali 1645-yilda yaratildi va «arifmetik mashina» yoki «Paskal g'ildiragi» deb nomlandi.

1820-yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator — «Arifmometr» ni yaratildi. U qariyib 90-yil (ba'zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi.


Download 1,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Download 1,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi

Download 1,81 Mb.