|
Elektromexanik mashinalar davri
|
bet | 5/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. Bunday mashina loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875-yilda yaratildi. 1925-yilda V.Bush elektr releda yig'ilgan hisoblash mashinasini yasadi va hayotga tatbiq etdi.
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943—1945-yillarda birinchi bo'lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Mouchli va Ekkert 70 tonnaga yaqin og'iriikdagi, 150 kvadrat metrii xonani egallaydigan va 18 mingta electron lampaga ega bo'lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni yaratdilar. U elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi.
1947-yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli, bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining to'rtta aviodi yaratildi:
|
| |