|
Xizmat ko‘rsatish darajasi
|
bet | 3/3 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 26,6 Kb. | | #130889 |
Bog'liq Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladiXizmat ko‘rsatish darajasi. Bu darajadagi dasturiy ta’minot tayanch darajadagi dasturlarda bo‘lganidek, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada harakat qiladi. Xizmatchi dasturlar (ularni, shuningdek, utilitillar deb ham ataladi)ning asosiy vazifasi kompyuter tizimini tekshirish va sozlash bo‘yicha ishlarni avtomatlashtirishdan iborat. Ko‘p hollarda ular tizimli dasturlar bajarayotgan ishlar doirasini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Xizmatchi dasturlarning ayrimlari (odatda, bular xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi)ni oldinroq operatsion tizimlar tarkibiga qo‘shilgan, ammo xizmatchi dasturlarning ko‘pchiligi amallar tizimi uchun tashqi dasturlar bo‘lib hisoblanadi va uning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Xizmatchi dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish mavjud. Operatsion tizim bilan integrallashish va avtonom ishlash. Birinchi holatda xizmat dasturlari tizimli dasturlarda amaliy ish uchun qulayroq qilib, ularning iste’mol xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi holatda esa tizimli dasturiy ta’minot bilan kuchsizroq bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqasi hamda harakatini alohida sozlash uchun ko‘proq imkoniyat beradi.
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan.
Amaliy va tizimli dasturiy ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgani uchun (ularning birinchisi ikkinchisiga tayanadi) shuni ta’kidlash kerakki, hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishning qulayligi va kompyuterning funktsional (harakat, vazifa bajarish) imkoniyatlarining kengligi foydalanilayotgan amallar tizimining tipiga hamda uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. Operatsion tizimi uch qismdan iborat bo‘lgan inson-dastur-uskuna majmuining o‘zaro aloqa va harakatini qanday ta’minlashga ham bog‘liqdir.
Kiritish-chiqarish qurilmasi
Xotira
Markaziy protsessor
Bu printsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman tomonidan 1946 yilda asoslab berildi. Uning fikricha markaziy protsessor xotirada saqlanayotgan dasturni boshqaradi. U ikki qismdan iborat bo‘ladi -
boshqaruv qurilmasi, ya’ni dastur buyruqlarini qabul qiluvchi va ularning bajarilishini ta’minlovchi;
arifmetik–mantiqiy qurilma, faqat hisoblashlar uchun mo‘ljallangan.
Undan tashqari “tezkor xotira” – doimiy saqlovchilardan markaziy protsessorga borish va qaytish yo‘lida oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu oraliq ma’lumotlarni saqlovchi qurilma (bufer) operativ xotira deb ataladi. Huddi shunda fon Neyman kompyuterning asosiy funktsional ishlash printsiplarini tavsiflab bergan.
|
| |