Umumiy xavfsizlik talablari




Download 0.83 Mb.
bet5/8
Sana16.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#35449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HISOBOT SHAVKATBEKOV ISHMOILJON TVL7 GRUHI

Umumiy xavfsizlik talablari
1.1. Mazkur yo‘riqnoma elektr mashinalar ta’mirlash sexi chilangarelektriklari uchun amal qiladi. Chilangarlik ishini bajarish uchun medistina ko‘rigidan o‘tgan mazkur kasb bo‘yicha bilim va ko’nikmalarni egallagan, bevosita ish joyda boshlang‘ich xavfsizlik qoidalari(пурвичный инструктаж) bilan tanishgan, boshlang‘ich bilimlar va stajirovka o‘tilgan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. Shuningdek, ishchilar har uch oyda bir marta davriy qoidalar(инструктажи) bilan ish joyida qayta tanishtiriladi va maxsus “Журналрегистрацииинструктажейнарабочемместе”ga qayd qilib boriladi.
1.2. Chilangar- elektrik har yili sex komissiyasi tomonidan har yili elektr xavfsizlik qoidalari va bajariladigan ishlari bo‘yicha bilimlari tekshiriladi. Tekshirish atijalari «Журнал проверки знаний» jurnalida qayd qilib boriladi.
1.3. Ishchilar o‘z vazifalarini ado etishda ishlab chiqarishdagi quyidagi xavfli omillarga duchor bo‘lishi mumkin:
-mexanik shikastlanish;
-yong‘in xavfi;
-elektr toki xavfi.
1.4.Chilangar-elektrikning majburiyatlari:
a) mehnat muhofazasi qoidalariga, ichki mehnat tartib qoidalariga, boshliq ko‘rsatmalariga, mehnat muhofazasi va yong‘in xafvsizlik hodimi ko‘rsatmalariga rioya etish;
b)belgilangan maxsus ish kiyimi va individual himoyavositalarini qo’llash;
v)ish joyiga ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarni qo‘ymaslik;
g)elektr qurilmalar ekspluatasiyasini bajarganda xavfsizlik choralarini qabul qilishni bilish, shaxsiy gigienaga amal qilish;
d)xavfsizlik belgilari talablariga rioya qilish;
e) ish joyidagi yoritish qurilmalarini tekshirish, ular ish joyida yaxshi ishlashni ta’minlashi va ko’zni qamashtirmasligi lozim;
j) korxona xodimlari tomonidan texnika xavfsizlik qoidalari buzilganda bu haqida usta(мастер)ga yoki boshlig‘iga xabar qilish;
z) tez yordamgacha zararlangan ishchiga birinchi yordamni bera olishi, yong‘inni o‘chirish jihozlarini ishlata olishi(огнетушителем, внутренним пожарнымкраномидр.) kerak.
1.5. Depo hududida quyidagi qoidalarga amal qilishi:
- elektrokarlar, avtomashina va h.k. lardan beriladigan signallarga diqqatli bo‘lish, o‘tishga mo‘ljallanmagan joylardan o‘tmaslik;
- transport harakatlanadigan yo‘llardan kesib o‘tmaslik;
- chegaralangan joylarga kirmaslik;
- kuchlanish ostida ishlaydigan qurilmalar yaqinida faoliyat olib bormaslik;
- ko‘tarma yuklar tagidan o‘tmaslik.

Download 0.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.83 Mb.