|
Хорижий филология. №2, 2017 йил 55 reportaj janrining til xususiyatlariBog'liq Raximqulov Entomologiya kurs ishi, 8-sinf-kimyo-fanidan-testlar-4, Konstitutsiyasi Qonun loyihasi, ҚТР баённомаси Намуна, Maktabgacha talim tizmida maktabgacha talim tashkilotlarni tutga, 7999999999, 3-mavzu davomi 2, M О L I Ya V I Y T A H L I L(amaliy mashg\'ulotlar)Хорижий филология. №2, 2017 йил
57
yo voqea tarixi haqidagi qisqacha hikoyadan
boshlanadi. Reportaj ta‘sirchan, operativ janr
sifatida gazetaning mavzu jihatdan rang-
barangligini ta‘minlaydi va o‗qimishliligini
oshiradi.
Reportajda oddiy bayonchilikdan ko‗ra
obrazli ifoda ustun turadi. Bu esa jurnalistdan
mahorat va chuqur bilim talab etadi. Chunki
reportajda axborot jonli, ta‘sirchan ifoda
qilinadi.
Reportajda voqea joyi tasviri ham
muhim rol o‗ynaydi. Joy tasviri va tantanavor
ruhni
berish
uchun
obrazli
ifodalar,
emotsional-ekspressiv
bo‗yoqdor so‗zlar,
o‗xshatishlar,
sifatlashlardan
unumli
foydalaniladi. Kishilar bilan muloqotning
jonliligini ta‘minlash maqsadida dialoglar ham
ishlatiladi, voqea qatnashchilarining nutqi
beriladi. Chunki reportajda qahramonlar so‗zi
muhim ahamiyatga ega.
"Reportaj ko‗p jihatlari bilan ocherkka
yaqin turadi. Ocherk ham, reportaj ham fakt
va voqealarning guvohi bo‗lgan kishi
tomonidan yoziladi. Lekin ocherk o‗zining
publitsistik ruhi, chuqur fikr yuritish va tahlili
bilan reportajdan farq qiladi. Reportyor
o‗zining qisqa materiali orqali voqeaning
muhimligini ta‘kidlaydi. Shuning uchun ham
reportajda ortiqcha tasvir bo‗lmasligi kerak.
Reportaj yorqin va lo‗nda bo‗lishi kerak.
Jumlalar ixcham, tili ravon bo‗lmog‗i lozim".
Publitsistik janrlarning o‗ziga xos
xususiyatlarini izchil tadqiq qilayotgan olim
Muxtor Xudoyqulov o‗zining ―Jurnalistika va
publitsistika‖ nomli o‗quv qo‗llanmasining
―Reportaj - publitsistikaning muhim janri
sifatida‖ [19:135] sarlavhali qismida e‘tiborni
tortadigan fikrlarni bayon etgan. Ma‘lumki,
informatsion
nublitsistikaning
asosiy
janrlaridan biri reportajdir. Reportaj so‗zi
lotincha bo‗lib, etkazib berish degan ma‘noni
bildiradi.
Reportaj
voqea,
hodisalarni
bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib
beruvchi informatsion materialdir. Uning
oddiy xabardan farqi shuki, xabarda hayotdan
olingan fakt, voqea, hodisalar umumiy, ya‘ni
qayd etish tarzida bayon etilsa, reportajda
fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita,
o‗sha voqea- hodisa bo‗lib o‗tayotgan paytda,
shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan
to‗g‗ridan - to‗g‗ri xabar beriladi, boshqacha
qilib
aytganda,
hayot
voqealari
qayd
etilmaydi, balki harakatda, jonli tasvirlanadi
hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok
etadi.
M.Xudoyqulov
―Jurnalistika
va
publitsistika‖ nomli kitobining ―Borliqning
jonli aksi‖ [19:163-164 ] sarlavhali qismida
reportajning
quyidagi
turlarini
ajratib
ko‗rsatgan: ―Reportaj aks ettirayotgan ob‘ekti
nuqtai nazaridan voqea reportaji, muayyan
|
| |