|
Хорижий филология. №2, 2017 йил 55 reportaj janrining til xususiyatlariBog'liq Raximqulov Entomologiya kurs ishi, 8-sinf-kimyo-fanidan-testlar-4, Konstitutsiyasi Qonun loyihasi, ҚТР баённомаси Намуна, Maktabgacha talim tizmida maktabgacha talim tashkilotlarni tutga, 7999999999, 3-mavzu davomi 2, M О L I Ya V I Y T A H L I L(amaliy mashg\'ulotlar)Хорижий филология. №2, 2017 йил
56
maqolasida gazeta va jurnallarda so‗z va so‗z
birikmalarini o‗z o‗rnida ishlatmaslik va tojik
tili imlo qoidalariga rioya etmaslik to‗g‗risida
mulohaza bildirgan [12:41-48].
Tojik tilshunosligida olib borilgan bu
kabi tadqiqotlar diqqatga sazovor, ammo
ularda ommaviy axborot vositalarining tili va
uslubi maxsus o‗rganilmagan.
Mustaqillik davrida O‗zbekistonda
nashr etilayotgan «Ovozi tojik» va «Ovozi
Samarqand»
gazetalarining
ham
Prezidentimiz va Hukumatimiz siyosatini
keng ommaga etkazishdagi roli tobora oshib
bormoqda.
Respublikamiz
hayotini,
islohotlarning
mohiyatini
tushuntirish,
xalqning kelajakka ishonchini yanada oshirish
sohasida
muhim
manbalardan
biri
hisoblangan
ushbu
gazetalarning
tilini
o‗rganish bo‗yicha maxsus ilmiy tadqiqot
hozirgacha yaratilgan emas.
O‗zbekistonda nashr etilayotgan tojik
gazetalari tilining shakllanishi, gazeta tilining
turli janrlari bo‗yicha xos xususiyatlarini
tadqiq qilish «Ovozi tojik» va «Ovozi
Samarqand» gazetalarining ta‘sirchanligini
oshirishga
ham
xizmat
qiladi.
Ushbu
maqolada reporataj janrining ayrim til
xususiyatlarini yoritishga harakat qildik.
Reportaj
(guzorish)
fransuzcha
(reportage) so‗zidan olingan bo‗lib, xabar
bermoq,
xabardor
qilmoq
ma‘nosini
ifodalaydi
[17:378].
Reportaj
axborot
janrlarining
bir
turi
bo‗lib,
tojik
publitsistikasida
ilmiy
jihatdan
maxsus
o‗rganilmagan. I.Usmonovning nomzodlik
dissertatsiyasida umumiy ma‘lumot berilgan,
xolos [15:119].
Reportaj so‗zi lug‗atlarda quyidagicha
izohlangan: «Reportaj - jurnalistikaning
informatsiya janri. Jurnalist o‗zi ishtirok etgan
tantana yoki voqea-hodisa haqida xabar
beradi. Reportajlar har xil bo‗ladi. Gazeta
reportaji tematik va voqeaband bo‗lib, unda
suratlar ham foydalaniladi» [1: 25-26].
«Reportaj
atamasi
lotincha
«reportare»dan
olingan
bo‗lib,
«xabar
qilmoq»,
«darak
bermoq»
ma‘nosini
anglatadi… Atama XIX asrning birinchi
yarmida paydo bo‗lgan… Reportaj bugunda
jurnalistning o‗zi guvohi yoki ishtirokchisi
bo‗lgan voqea-hodisalar to‗g‗risidagi tezkor
hikoyasini bildiradi. Mazkur janrda yozilgan
materialda hodisa joyida «bo‗lish» hissi
yuzaga keltiradi» [5:210].
Hozirgi vaqtda reportaj ikki ma‘noni
bildiradi: «1) radio va televideniye orqali
voqea sodir bo‗lgan joydan olib borilayotgan
eshittirish yoki ko‗rsatuv; 2) vaqtli matbuotda
yoritilgan mahalliy mavzulardagi qisqa xabar
va axborot» [18:212].
"O‗zbek
tilining
izohli
lug‗atida
shunday ta‘rif berilgan: "Reportaj (r).
Matbuot,
radio,
televideniyeda:
sodir
bo‗layotgan
voqea-hodisalardan
olib
boriladigan mahalliy mavzulardagi xabar,
maqola"[16:622].
A.Abdusaidov
o‗zbek
matbuotida
reportaj janrining til xususiyatlarini o‗rganib,
mavjud tadqiqotlardagi quyidagi fikrlarga
tayangan: "Reportaj - bu ma‘lum bir vaqtda
sodir bo‗lgan voqea haqidagi hikoyadir.
Reportaj avvalo boshqa janrlardan turli
harakatlarning,
voqea
detallarining
va
dinamikasining ko‗pligi bilan farq qiladi.
Reportajni faktlar orqali suhbatlashish desa
bo‗ladi. Jurnalist sodir bo‗lgan voqea haqida
hikoya qilganda go‗yo gazetxon yoki
jurnalxon xuddi o‗zi ko‗rgandek tasavvurga
ega bo‗lishi kerak. Reportaj, avvalo,
gazetxonga ma‘lum bo‗lmagan bironta
yangilik haqida mukammal hikoya qilishdan
iborat".
Reportajda boshqa axborot janrlari
singari haqqoniylik, faktlarga asoslanish,
operativlik, ta‘sirchanlik kabi omillar juda
muhimdir. Yаngilik reportajning asosi
hisoblanadi. Ma‘lum voqea-hodisa, faktlar
hamda tezkorlik bilan voqea sodir bo‗lgan
joydan tayyorlangan material reportajning
magzini tashkil etadi. Unda voqea joyi
tasvirlanadi,
jonli
muloqotlar
beriladi,
ko‗pincha, materiallarda tantanavorlik aks
etadi.
Reportajning
asosini
axborot
(informatsiya) tashkil etadi va xabar berish
asosiy o‗rinni egallaydi, voqea-hodisa, faktlar
tahlil qilinmaydi.
Ayrim reportajlar voqea sodir bo‗lgan
joy tasviridan yoki kishilar bilan muloqotdan,
|
| |