|
mavzuga bag„ishlangan reportaj, muammoliBog'liq Raximqulov Entomologiya kurs ishi, 8-sinf-kimyo-fanidan-testlar-4, Konstitutsiyasi Qonun loyihasi, ҚТР баённомаси Намуна, Maktabgacha talim tizmida maktabgacha talim tashkilotlarni tutga, 7999999999, 3-mavzu davomi 2mavzuga bag„ishlangan reportaj, muammoli
reportaj, reportaj-sharh kabilarga bo‗linadi.
Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida
berilishiga qarab gazeta reportaji, jurnal
reportaji, radioreportaj va telereportaj
kabi xillarga bo‗linadi.
Yаngiliklar xususida nisbatan tezkor
xabar beradigan janrlardan biri reportaj bo‗lib,
unda jamiyat turmushidagi muhim voqealar
haqida jonli, ta‘sirchan hikoya qilinadi.
Reportaj materialini asosan ishlab chiqarish
sohasidagi yangiliklar (korxonalarning ishga
tushirilishi, yutuqlari va hokazo), bayramlar
tafsilotlari tashkil etadi. Bu janrda asosan
umumiste‘mol so‗zlardan foydalanilsa ham,
voqealarni jonli tasvirlashda bo‗yoqdor
so‗zlar, ifoda-tasvir vositalari, tasviriy
ifodalardan ham o‗rni bilan foydalaniladi,
chunki
mazkur
vositalar
so‗zlarning
«jilolarini ming bir qirrasi bilan ko‗rsata
oladigan va shu orqali ona tilimizning
naqadar boy hamda go‗zal ekanligini
namoyish etishga tayyor turgan bitmas-
tuganmas imkoniyatdir» [11:68 ]. Jurnalist
voqealarni jonli tasvirlash uchun dialoglardan
ham keng foydalanadi. Zero, mazkur janrda
personajlar nutqi katta ahamiyatga ega.
Reportajda
qahramonlar
xarakterini
ochish emas, balki voqeani jonli, tantanavor
tasvirlash muhimdir. Reportaj janrining
xususiyatlaridan biri shuki, unda ta‘sirchan,
ko‗p ma‘noli so‗zlar, so‗z birikmalari ko‗p
ishlatiladi. Ayrim reportajlarda sarlavha
ostida «reportaj» so‗zi qayd etilib, sarlavhaga
kengroq izoh berilgan. Bu holat diqqatni
tortishga xizmat qiladi: Idi chustu choloki va
mahorat megardad [Ot., 14.05.03], «Halqai
Хорижий филология. №2, 2017 йил
58
vaslkunandai Sharqu G‗arb», Afkori jomea
dar borai anjumani Siyoh, Boz bahori Boysun
faro rasid, «Dastgohhoi baxosiyat», «Dehae
dar sinai ko‗h» va shu kabilar.
«Ovozi tojik» gazetasi materiallarining
tahlili shuni ko‗rsatdiki, reportaj sarlavhasida
ko‗pincha bayram, tantanali kunlar, odamlar
tantanali hayotining lahzalari kabilar aks
ettirilgan: Sho„hrati «Do„stlik» az mehnat
[Ot.,4.01.03], Kishvari orzuhoi pokiza [Ot.,
25.01.03], Jashni farxundai olimi mumtoz
[Ot., 8.01.03], «UzDEUavto»: dar soli nav
110 hazor avtomobil [1.01.05], Dar pesh
hududu ufuqhoi nav ba navand [Ot.,
31.01.07], Sahifai zarrini solnomai boksi
jahon [Ot., 18.04.07], Kalidi muvaffaqiyatho
[Ot., 24.01.07], «Lukoyl oversiz» soxtmoni
havzakro anjom dod [Ot., 16.04.08].
Reportajda voqeaning jonli tarzda tasvir
etilganligi
unda
ta‘sirchan,
bo‗yoqdor
so‗zlarni ko‗proq ishlatish hisobiga bo‗lgan:
obhoi jonbaxsh [Ot., 3.07.02], tashnagoni
ma‟rifat, sahifahoi duraxshon dar ta‟rixi
farhang, in shaxson hangomi donishjo„i niz
obu otash budand [Ot., 19.04.03], kalidi
muvaffaqiyati dehqon [Ot., 24.01.07], olami
boks, sahifai navi tilloi [18.04.07].
Reportaj
janri
tilining
tarkibini
quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Yangi so‗zlar (neologizmlar).
«Ijtimoiy
hayotda
yuz
berayotgan
o‗zgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada
o‗z aksini topadi. Shuning uchun ham
leksikaning boyib borishi tildagi boshqa
elementlarga qaraganda birmuncha aktivdir»
[13:40]. Shuningdek, jamiyatimizning turli
sohalarida
yuz
beradigan
har
qanday
yangiliklar yangi so‗zlar vositasida tilda aks
ettiriladi: naqsha, sodirot [Ot., 1.01.05],
shirkat, firma [Ot., 15.11.06], varzish,
varzishgar, mushtzan, tolor, omo„zishgoh
[Ot., 18.04.07], havopaymo, jamoa, furudgoh
[Ot.,
31.01.07],
fermer,
bemorxona,
furo„shgoh
[Ot.,
24.01.07],
ittihodiya,
xolding, dollar, istgoh [Ot., 16.04.08] shu
kabilar.
2. Ruscha-baynalmilal so‗zlar ham
voqea va hodisalarning aniq bayon etilishiga
xizmat qilgan. «XIX asrning II yarmidan
boshlab rus hukmronligi vujudga keltirilgan
ijtimoiy muhit badiiy adabiyot rivojiga,
xususan unda tildan foydalanishiga ham o‗z
ta‘sirini ko‗rsatdi, albatta…»[10:4]. Ana shu
ta‘sir tufayli bugungi tojik matbuotida ham
bir
qator
ruscha-baynalmilal
so‗zlar
ishlatilayapti: kadr, texnologiya, moshin,
avtomobil [Ot., 1.01.05], chempion, boks,
ekran, televizor, final, nakaut, jurnalist [Ot.,
18.04.07], aviatsiya, park, inspeksiya [Ot.,
31.01.07],
kompressor,
kondensat
[Ot.,
16.04.08], model, salon, bamper, radiator,
linza [Ot., 22.03.08] va boshqalar.
3. Arabcha so‗zlar ham voqea va
hodisalarning asl mohiyatini ochib berishga
xizmat qilgan. Bu so‗zlar ona tilimiz tarkibida
ommaviylashgan:
munosib,
jashn
[Ot.,
15.11.06], taxassus, mustaqil, mustahkam
[Ot., 1.01.05], muovin, tajdid, muttahid [Ot.,
22.03.08], bayraq, iqtidor [Ot., 18.01.07],
majlis, tarmim, tajassum [Ot., 31.01.07],
mintaqa, mahsulot, muvofiq [Ot., 16.04.08]
shu kabilar.
4. Reportajda juft sinonimlarning
ko‗plab qo‗llanilishi ham nutqning ta‘sirchan
bo‗lishi uchun muhim uslubiy vazifani
bajaradi. Tadqiqotchilarning fikricha, juft
sinonimlar his-hayajon va tantanali ruh
munosabatini
bayon
etishga
xizmat
qiladi[21:18-24]. Masalan, «Idi justu choloki
va mahorat megardad[Ot., 14.05.03] nomli
maqolada quyidagi juft sinonimlar ishlatilgan:
mazmunu mundarija, jadvalu naqshaho,
soxtanu tajdid gardonidan, asbobu anchom,
diqqatu e‟tibor, xushu xursand, soxtanu
tarmim, hamjavoru hammazhab, hukumatu
vazoratxonaho [Ot., 22.02.03], jasorat va
mardonagi [Ot., 18.04.07], tajdidu tarmim
[Ot., 31.01.07] kabilar. Ularning jumlada
muhim
uslubiy
vazifani
bajarganligini
quyidagi misollar orqali ko‗rish mumkin:
Dar
barobari
ba
dast
ovardani
kamarbandi tilloii chempioni jasorat va
mardonagiro namoish medod [Ot., 18.04.07].
Tai solho parki kishtihoi havoi kullan
nav shud, … furudgohho ro‗i tajdidu
tarmimro didand [Ot., 31.01.07].
5.
«Frazeologizm
tilning
estetik
funksiyasi namoyon bo‗ladigan eng yorqin
|
| |