DBMS_OUTPUT.PUT_LINE('5321524 telefon raqami egasi –
'||u_ISM);
END;
Natija:
5321524 telefon raqami egasi – NORMATOV R
Nazorat savollari
1. PL / SQL dasturida bloklar qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
2. Ma’lumotlar bir qatorga yoki bir nechta
qatorlarga qanday chop
etiladi?
3. WHEN EXIT ifodasidan qanday foydalaniladi?
4. Shartli operator sintaksisi qanday?
5. PL/SQL da qanday takrorlanish operatorlari bor?
11-LABORATORIYA ISHI
PL/SQL. Saqlanuvchi funksiya va protseduralar yaratish,
kursorlar bilan ishlash
Ishdan maqsad: PL/SQLda kursor, protsedura va funksiyalar yaratishni
o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Student jadvali uchun parametrli kursor yarating.
Adress qiymati
kiritilsin;
2. 10 nafardan ko‘p talaba o‘qiydigan guruh nomlarini aniqlovchi kursor
yarating;
3. Kursordan foydalanib, eng ko‘p talaba o‘qiydigan protsedura yarating;
4. Talaba
Familiyasi, ismi, sharifi maydonlaridagi ma’lumotlarni
bitta
maydonda initsial ko‘rinishiga o‘giruvchi funksiya yarating (Azimov Botir
Xakimovish – Azimov B.X);
5. Funksiyaga uzatilgan sonli qiymatdan
katta yoshli talabalarni
aniqlang;
6. 20 yoshdan katta talabalar haqidagi ma’lumotlarni
chiqaruvchi
protsedurani yarating;
7. Kiritilgan sonli qiymatga mos keluvchi soatli fanlarni aniqlash (±10
soat atrofida farq qilishi mumkin);
8. “PL/SQL
da kursor, funksiya va protseduralar yaratish”
hisobotini
tayyorlang;
9. Laboratoriya ishini nazorat savollariga javob berib, himoya qiling.