BEGIN kalit so‘z bilan boshlanib, xatoliklarni tuzatish bo‘limining
EXCEPTION kalit so‘z bilan tugaydi, agar xatoliklarni tuzatish bo‘limi
bo‘lmasa, blok END so‘zi bilan tugallanadi.
Xatoliklarni tuzatish bo‘limi Mazkur bo‘lim blokda yuzaga kelgan xatoliklarni qayta ishlash va
tuzatish protseduralaridan tashkil topadi. Agar dasturning tana qismida
biron-bir operatorning bajarilishida xatolik paydo bo‘lsa, dasturni
boshqarish xatoliklarni tuzatish bo‘limidagi ko‘zda tutilgan xatolikni qayta
ishlovchi xos protseduraga o‘tadi. Agar dasturda xatolikni qayta ishlovchi
protseduralar bo‘lmasa, bu bo‘limni kiritmasa ham bo‘ladi.
Izohlar Izohlar ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: “–” simvollari orqali satr izoh
holatiga keladi; “/*” bilan boshlanib “*/” tugovchi bir necha satrlardan
iborat bo‘lishi mumkin.
O‘zgaruvchilar Barcha protsedurali oriyentirlashtirilgan dasturlash tillari odatda bir yoki
bir necha o‘zgaruvchilardan dasturda ishlashi zarur ma’lumotlarni
vaqtinchalik saqlash uchun foydalanishadi. O‘zgaruvchi yoki konstantalar
quyidagicha e’lon qilinadi [CONSTANT] turi> [NOT NULL] DEFAULT | := ]; O‘zgaruvchining qiymati uni e’lon qilish vaqtida yoki dasturning tana
qismida kiritiladi.
O‘zgaruvchilar va konstantalarni e’lon qilish va qiymat kiritishga misol:
DECLARE str VARCHAR2(25):='Salom!'; day DATE; pi CONSTANT NUMBER:=3.14159265359; BEGIN day :=SYSDATE;