Ingliz tilida “ixtiyoriysidan katta ( bu yerda City = Rome )” baholash
quyidagicha talqin qilinadi, bu baholash qiymati har bir City = Rome holdagi
baholash qiymatidan katta bo‘lishi kerak. Agar ostki so‘rov shartga mos
keluvchi ixtiyoriy qiymat topsa, ANY to‘g‘ri deb baholanadi.
Misol: Rimdagi har bir buyurtmachidan baholari yuqori bo‘lgan
buyurtmachilarni chiqaring.
SELECT * FROM Customers WHERE Rating > ALL (SELECT
Rating FROM Customers WHERE City = 'Rome' );
Bu operator Rimdagi hamma buyurtmachilar baholarini tekshiradi.
Shundan so‘ng, Rimdagi hamma buyurtmachilardan bahosi yuqori bo‘lgan
buyurtmachilarni topadi. Rimda eng yuqori baho – Giovanni (200). Demak,
200 dan yuqori qiymatlar olinadi. ANY operatori uchun bo‘lgani kabi ALL
operatori uchun ham IN va EXISTS yordamida muqobil konstruksiyalar
yaratish mumkin. ALL asosan tengsizliklar bilan ishlatiladi. SQL da < >
ALL ifoda aslida ostki so‘rov natijasining “hech qaysisiga teng emas”
ma’nosini bildiradi.
Misol: Barcha buyurtmachilar haqidagi ma’lumotlarni chiqaring: