2. Tashqi so‘rov FROM jumlasida nomlangan
psevdonimda bu satr-
kandidat qiymatlarini saqlab qo‘yish.
3. Ostki so‘rovni bajarish. Tashqi so‘rov uchun berilgan psevdonim
topilgan hamma joyda joriy satr-kandidat qiymatidan foydalanish.
Tashqi
so‘rov satr-kandidatlari qiymatlaridan foydalanish, tashqi ilova deyiladi.
4. Tashqi so‘rov predikatini 3 qadamda bajariluvchi ostki so‘rov
natijalari asosida baholash. U chiqarish uchun satr-kandidat tanlanishini
belgilaydi.
5. Yuqoridagi misolda SQL quyidagi protsedurani amalga oshiradi:
1. U buyurtmachilar jadvalidan Hoffman satrini tanlaydi.
2. Bu satrni joriy satr-kandidat sifatida a – psevdonim bilan saqlaydi.
3. So‘ngra ostki so‘rovni bajaradi. Ostki so‘rov
CNum maydonning
qiymati a.CNum qiymatiga teng satrlarni topish uchun Buyurtmachilar
jadvali hamma satrlarini ko‘rib chiqadi. Hozir a.CNum qiymati 21 ga ya’ni
Hoffman satrining CNum maydoni qiymatiga teng. Shundan so‘ng bu
satrlarning ODate maydonlari qiymatlarining to‘plamini hosil qiladi.
4. Shundan so‘ng asosiy so‘rov predikatida 3
oktyabrdagi qiymat shu
to‘plamga tegishliligini tekshiradi. Agar bu rost bo‘lsa, Hoffman satrini
chiqarish uchun tanlaydi.
5. So‘ngra, toki Buyurtmachilarning
hamma satri tekshirilib
bo‘lmaguncha, u butun protsedurani satr-kandidat sifatida foydalanib
qaytaradi va saqlab qo‘yadi.
Ba’zida xatolarni topish uchun maxsus yaratilgan so‘rovlardan
foydalanish kerak bo‘ladi.
Misol: Quyidagi so‘rov Buyurtmachilar jadvalini ko‘rib chiqib SNum va
CNum mos kelishini tekshiradi va mos bo‘lmagan satrlarni chiqaradi.