Reaktiv quvvat iste'molini kamaytirish usullari




Download 267.75 Kb.
bet3/7
Sana16.05.2023
Hajmi267.75 Kb.
#60621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija
1-kitob Odilov Farrux, Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish , Omonboyev1, BMI muqovasi, Xalqaro iqtisodiy aloqalar va integratsiya jarayoni, YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI, Lub tolalari tolali o simliklar (zig ir, kanop, jut, rami, kendi, Sana 1 Mavzu Yogochga ishlov beradigan qo`l va elektr asboblari, Informatika-va-AT-majmua, 3-02 PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR-2018, 1.8.Ma\'ruza. Relelar.
1.2. Reaktiv quvvat iste'molini kamaytirish usullari
Reaktiv quvvatning asosiy iste'molchilari quyidagilar:
4. Asinxron motorlar (AD) ular umumiy reaktiv quvvatning 60% iste'mol qiladi.
5. Kuch transformatorlari reaktiv quvvatning tahminan 20% iste'mol qiladi.
6. Boshqariluvchi to'g'rilagichlar, induksion pechlar va boshqalar tahminan 15- 20% iste'mol qiladi.
Korxona va sexlar bo'yicha sistemadan olinadigan reaktiv quvvat iste'molini kamaytirish uchun kuchlanishi 1000 gacha va 1000 dan yuqori kondensator batareyalari (KB), yuqori kuchlanishli sinxron motorlar (SM), sinxron kompensatorlar va reaktiv quvvatning statik manbalari ishlatiladi. Bundan tashqari texnologik mexanizmlarning va elektr qurilmalarining ishlash jarayoniga va tuzilishiga ta'sir qilib, reaktiv quvvat iste'molini kamaytirish mumkin. ETS ni loyihalash va ishlatishda reaktiv quvvat o'rnini qoplash uchun 2 xil tadbirlar ishlatiladi:
1. Maxsus reaktiv quvvat manbasi ishlatilgan holda uni qoplash;
2. Maxsus manba ishlatmasdan texnologik jarayonga, elektr qurilmasi konstruk siyasiga va parametrlariga ta'sir qilib o'rnini qoplash tadbirlari.
Shu tadbirlarini ko'rib chiqamiz:
1. Mexanizm yoki stanokdagi asinxron motorning salt yurish vaqtini cheklash. Chunki, AD salt yurganda asosan reaktiv quvvatni iste'mol qiladi va uning quvvat koeffisienti cosj kichik qiymatga ega. Shuning uchun salt yurish vaqti 10 soniyadan ortiq bo'lgan motorni tarmoqdan avtomatik uzuvchi moslama o'rnatiladi.
2. Mexanizm konstruksiyasi imkon bersa, yuklash koeffisienti kichik bo'lgan AD larni kichikrok quvvatli motorga almashtirish.
Bunda motorning yuklanish koeffisienti Kyu < 0.45 bo'lsa, katta quvvatli motorni kichik quvvatlisi bilan iqtisodiy hisoblar bajarmasdan almashtirish mumkin. Agar 0.45 < Kyu < 0.7 bo'lsa, texnika iqtisodiy hisoblar asosida almashtirish mumkin.
3. Kam yuklangan AD va SM larni stator cho'lg'amlariga beradigan kuchlanishni cho'lg'amlarni uchburchakdan yulduzga qayta ulash orqali kamaytirishi bilan reaktiv quvvat iste'molini qisqartirish. Buni nominal kuchlanishda cho'lg'amlari uchburchak usuliga ulanadigan 4A seriyasidagi motorlar uchun qo'llash mumkin.
4. Imkoni boricha doimiy ish rejimiga ega mexanizmlarda o'rnatilgan AD larni SM lar bilan almashtirish (nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlar). Chunki SM reaktiv quvvatni iste'mol qilmasdan, o'zi ishlab chiqarib, tarmoqqa berishini mumkin.
5. O'zgarmas ish rejimli mexanizmlar uchun (katta quvvatli nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlar uchun) yangidan loyihalash davrida SM o'rnatishni ko'zda tutish.
Yuqoridagi tadbirlarni bajarish uchun kapital mablag'lar kam sarflanadi. Shuning uchun ularni birinchi navbatda bajarib, so'ngra zarur bo'lsa reaktiv quvvatning maxsus manbalarini qo'llash mumkin.

Download 267.75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 267.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reaktiv quvvat iste'molini kamaytirish usullari

Download 267.75 Kb.