• URGANCH-2024 y.
  • Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ulaming xususiyatlarini o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda




    Download 3,09 Mb.
    bet1/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,09 Mb.
    #248408
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-Bob hisobot


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    URGANCH FILIALI
    “SIRTQI” BO’LIMI
    “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” YO’NALISHI
    Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti
    HISOBOTI
    Bajardi: 971-19 guruh talabasi

    __________________________


    Amaliyot rahbari: __________________________


    URGANCH-2024 y.

    MUNDARIJA



    KIRISH……………………………………………………………………..

    3

    1

    Nanotexnologiyaga kirish………………………………………………..

    5

    2

    Nanotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari…………………………….

    11

    3

    Fotoelektronlar spektroskopiyasi…………………………………………

    18

    Xulosa………………………………………………………………………….

    28

    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..

    29


    KIRISH
    Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ulaming xususiyatlarini o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida , nanomateriallari o‘rganish usullarini kengayishiga va rivojlanishiga olib kelmoqda. 1965-70 yillarga qadar qattiq jismning deyarli barcha asosiy xususiyatlari uning,v hajmi holatiga (tarkibi, tuzilishiga) bog‘liq deb qaralar edi. Ammo bu davrga kelilb, jismning juda ko‘p xossalari uning yuza qatlamlarining holatiga uzviy ravishda bog‘liq ekanligi aniqlana boshlandi. Masalan, jismlarning emission va optikaviy xususiyatlari, korroziyaga va ayrim mexanik ta’sirlarga chidamliligi birinchi holda yuzaning tarkibiga va tuzilishiga bogliq ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Hozirgi paytda qattiq jismning deyarli bitta fizik xususiyatlari, hattoki ayrim mexanik xossalari va ko‘pgina kimyoviy xossalari uning yuzasining holati bilan aniqlanishi tajribada isbotlangan. Shuning uchun ham 1970-yillardan boshlab yuzalarni tadqiq qilish va uni o‘rganish uchun yangi maxsus usullar ishlab chiqishga juda katta ahamiyat berila boshladi. Jismning yuza qatlamlari alohida, o‘ziga xos bo‘lgan murakkab xususiyatlarga ega bo‘lib, ular hajmiy xususiyatlardan keskin farq qiladi. Bunday farqlaring juda ko‘p sabablari bor. Hattoki, ideal holgacha tozalangan va bir xil tarkibli kristallarda ham yuza va hajm xususiyatlari farq qiladi. Chunki, masalan, hajmda joylashgan atomlar o‘zining to‘rt tarafidan atomlar bilan bog‘langan bo‘lsa, yuzadagi atomlar faqat uchta tomondan bog‘lanib, tepada atomlar yo‘q bo‘lganligi uchun to‘rtinchi tomoridan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shunday qilib yuzadagi kristall cho’zilish yoki panjara parametrlari hajmnikidan farq qiladi. Bu esa o‘z navbatida hajm va yuza elektron tuzilishlarining bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Yuza qatlamlarga tashqi ta’sir ko‘rsatib, uning xususiyatlarini kerakli yo‘nalishda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun ionlar implantatsiyasi, lazer va boshqa nurlar bilan ishlov berish, aktiv element atomlari va molekulalar o‘tkazish va boshqa usullardan foydalaniladi. Qattiq jismlaring qator xususiyatlari ko‘p jihatdan uning yuza qatlamlariga va o‘lchamlariga bog‘liqdir.

    Jumladan hozirgi zamon texnologiyasida, xususan, mikro va nanoelektronikada, nanoplen-katlami, nanomateriallarni fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. Bu nanomateriallarning tarkibini va tuzulishini o‘zgartirish uchun juda ko‘p usullar qo‘llaniladi xususan qo‘llanmada ionlarni implantatsiya qilish diffuziya, impulsli elektron dastalari va lazer nurlari bilan ishlov berish, yuqori haroratda qizdirish va qattiq, jism yuzasida atom oqimlardan foydalanib kerakli kristallarning yupqa nanoepitaksial qatlamlarini hosil qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shu qatorda qo‘llanmada qattiq jismlar-ning yuza va yuza osti qatlamlarini tekshiruvchi an’anaviy usullar va zamonaviy usullar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Zamonoviy elektronika asbobsozligida ko‘p qatlamli nanoplyon-kalar ketma-ketligidan iborat tizimlar asosiy o‘rinni egallaydi. 1883 yili amerikalik ixtirochi George Eastmen tomonidan fotoplyonkaning yaratilishi nanotexnologiyada keskin burilishga olib keldi. Uning ixtirosi nanotuzilmali materiallar olish imkoniyatini oshirdi.


    Fizik-kimyoda nanozarrachalar deganda o’lchamlari 1 nanometrdan (1nm) 100 nanometrgacha bo’lgan ob’ektlar tushuniladi. (1nm=10-9m=10-6mm=10-3mkm). Albatta, nanoob’ektlarga xos xususiyatlar o’lchamlarning 0,1 nm dan bir necha o’n nanometrgacha bo’lgan sohasida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. Bu sohada nanoob’ektlarning hamma xossalari (kimyoviy, fizik- mexanik, termo, elektr, magnit, optik, katalitik va boshqa xossalar) makroob’ektlarnikidan keskin farq qilishi mumkin.
    Boshqacha aytganda, kimyo, fizika va boshqa tabiiy fanlar shu davrgacha atom va molekulalarning xossalarini ancha chuqur o’rgandi, ulardan hosil bo’lgan makroob’ektlarni ham har taraflama o’rganib, ulardan hayotda o’z ehtiyojlari uchun keng foydalanishni yo’lga qo’ydi. Lekin XX asrning oxirigacha fanda o’lchamlari 1nm 100 nm bo’lgan ob’ektlar (zarralar)ning xossalari o’rganilmay qolgan, shuning uchun bu sohaga tegishli ob’ektlarni yangi dunyo deb atash mumkin, ularning xossalarini tekshirish fanda 15 20 yil avval boshlandi. Bu fanga nanotexnologiya deb nom berildi va u keng tarqaldi.


    1. Download 3,09 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ulaming xususiyatlarini o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda

    Download 3,09 Mb.