-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi




Download 3,09 Mb.
bet3/7
Sana21.05.2024
Hajmi3,09 Mb.
#248408
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Bob hisobot

1.1-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi.
Fanning nanokimyo tarmog‘ida noan’anaviy xususiyatlarga ega materiallarni sintez qilishga erishilmoqda. Masalan, 3-5 nanometrli oltin nanokukunlari ajoyib katalizator ekani ma’lum bo‘lgach, Yaponiyadagi bir shirkat uni hojatxonadagi yoqimsiz hidlar tashuvchi molekulalarni parchalaydigan hid yutgich sifatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi tozalash texnologiyalarida neftning deyarli 20 foizi qayta ishlash imkoni yo‘q. So‘ngi yillarda begona molekulalarni umuman o‘tkazib yubormaydigan nanokatalizatorlar ustida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday uskuna yordamida neftning 100 foizini qayta ishlash imkoni tug‘ilishi mumkin. Ko‘pchilik tadqiqotchi va ekspertlarning fikricha, XXI asr nanofanlar va nanotexnologiyalar asri bo‘ladi. 2015-yili nanotexnologiyalar tarmog‘ining ulushi jahon iqtisodida
1,1 trilliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Molekula va hujayra o‘lchamlaridagi bioob’ektlar va biojara- yonlar bilan shug‘ullanuvchi soha - nanotexnologiya yo‘nalishida erishilayotgan natijalar ham kishini hayratga soladi Nyu-York universitetining xodimlari Nadrian Sekmen (Nadrian Seeman) va Uilyam Shermen (William Sherman) “ikki oyoqda” harakatlanuvchi biologik nanoqurilmani ishlab chiqishga muvaffaq bo’lishgan. DNK molekulalaridan yasalgan va mitti konteyner vazifasini bajara oladigan bu nanorobotni murakkab nanotuzilmani yig‘ishda ishlatish mumkin. “Nfture” jurnalining yozishicha, AQSh ning Perdu (Purdue Institute) va Rossiyaning Bioorganik kimyo institutlari tadqiqotchilari hamkorlikda virusni biokimyoviy igna sifatida ishlatib, hujayra ichiga implantatsiya qilishga erishganlar. Tirik hujayra ichiga kira oladigan “bioigna” dan sog’lom DNK ni xavfli o’smaga aylanayotgan hujayralar ichiga joylashtirishda foydalanish mumkin. Bu esa kelajakda nanotibbiyotdagi gen-terapiya qurilmalarini xavfli o‘smalarni davolashda ishlatish imkonini beradi. Jahon bo‘ylab ilmiy jurnallarda tarqalgan ushbu fotosurat insoniyatni lol qoldirdi. Insoniyat tarixida atom ketidan atomni joylashtirib, o‘ta kichik tuzilmani yaratish natijasida nanotexnologiya asri boshlangan edi.
Lekin nanotexnologiyaning imkoniyatlari faqat shular bilangina cheklanmadi, unga nisbatan bo‘layotgan fizik ishlar kundan-kunga ortib bormoqda. Bu fizik ish Erik Drekslerning 1986-yili «Yaratish mashinalari» ilmiy- ommabop kitobi bosmadan chiqqandan so‘ng juda ham kuchayib ketdi. E.Dreksler texnologik jarayonini ikkiga bo‘lib ko‘radi. Birinchisi, unda kashf qilingan texnologiya bo‘lib, milliartlab atomlarning yalpi ko‘chish jarayoni ro‘y beradi. Buni E.Dreksler «balk» deb ataydi. Uning ta'rifiga ko‘ra, Gird Binnig va Genrix Roreming 1981-yilgi kashfiyoti texnologiya yo‘lidan borib taraqqiy etib kelgan. Richard Feyman taklif etgan texnologik jarayonni esa E.Dreksler yangi texnologiya deb belgilab, uni yapon fizigi bergan ibora bilan «nanotexnologiya deb nomlaydi. Qachonlardir u molekulyar texnologiya nomi bilan atalgan. Demak, adabiyotlardagi molekulyar texnologiya va nanotexnologiya atamalari bir texnologiyaning ikki xil nomlanishi xolos. 1991-yili Erik Drekeler nanotexnologiya sohasi bo‘yicha birinchi bo‘lib ilmiy daraja olishga musharraf bo‘ldi. 1992-yili «Nanotuzilmalar molekulyar mashinalar, ishlab chiqarish va xisoblashlar» nomli ilmiy monografiyasini chop ettirdi. Bu nanotexnologiya sohasida hozircha to‘la va chuqur mazmunli kitob hisoblanishi bilan ahamiyatli. Nanotexnologiya va an’anaviy texnologiyalar o‘rtasida jiddiy farq bor. Birinchidan, hozirda bizda mavjud asboblar nano darajada ishlay olish imkonida mukammal emas atom aniqligida faqat ba’zi buyumlarnigina ishlab chiqarish mumkin. Ikkinchidan, nano darajada bo‘linganida odatiy fizika qonunlari o‘zgaradi kvant ta’sirlar va molekulalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sezila boshlaydi. Shu bilan bir qatorda, og‘irlik va ishqalanish kuchlari uncha katta bo‘lmay qoladi. Nanoo‘lchamli ob’yektlarni loyihalash va qurishdagi qiyinchiliklar qisman shu bilan ham bog‘liqdir. Nanotexnologiyadagi birinchi yo‘nalish an’anaviy kimyoviy va mikroelektron texnologiyalarning mantiqiy davomidir. Avval bu yo‘nalish nanotexnologiyaga mutlaqo oid emas, deb qaralar edi. Nanotizimlarni organik moddalar asosida yaratish tirik organizmlardan nusxa ko‘chirish mumkinligi nuqtai nazaridan e'tiborga loyiqdir, lekin shu bilan bir qatorda u “qurilish materiallarining’ ma’lum bir sinfinigina qo‘llash imkoniyati bilan cheklangan.




  1. Download 3,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi

Download 3,09 Mb.