Hozirgi zamon elektroenergetikasi mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi




Download 31.22 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi31.22 Kb.
#75350
Bog'liq
0.2 Kirish
KURS ISHIsulaymonova2, milliy tarbiya, Tezkor tugmalar 2, Terminlar copy, Логопедия шохобча жадвали (1)

Kirish
Respublikada elektrotexnika sanoatini ham rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda1
Mamlakatimizda oliy taʼlim sohasini rivojlantirish yoʼlida olib borilayotgan tadqiqotlar markazida shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim shakllarini, taʼlimning innovatsion klasterli yondashuvida taʼlimning barcha bosqichlarida zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan adabiyotlar bilan boyitib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan taʼlim sifatini oshirish, fanlarni jumladan, elektrotexnika fanlarini oʼqitishni takomillashtirishda mazmunan boyitilgan zamonaviy adabiyotlarga bo`lgan ehtiyojni qondirish dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Hozirgi zamon elektroenergetikasi - mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi: a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda; b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin; g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin; d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o‘zgartirish sodda; e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya, radioaloqa). Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki, noelektr texnikalarni yangi sifat darajaga ko‘tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi. Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o‘zgarmas tok manbaining yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq. Qadim o‘tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar. Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo bo‘lishini ta'kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin, bu hodisalar to‘g'risidagi fan 1600-yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar to‘g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr to‘g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o‘rganishga bag'ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. Elektr va magnit hodisalarni o‘zaro bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758-yilda o‘z ma'ruzasida aytib o‘tgan. 1785-yilda fransuz olimi Sh.Kulon o‘z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794-yilda A. Volta tomonidan kiritilgan.
Volt ustuni esa 1800-yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V.Petrov 1802-yilda elektroximiya bo‘yicha birinchi tadqiqotlarini o‘tkazgan va u elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi. Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819-yilda, toklarning o‘zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820-yilda o‘rganilgan. A. Amper birinchi bo‘lib elektr toki, tok kuchi, elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan o‘tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda umumlashtirilgan (Bio - Savar - Laplas qonuni). Elektrostatikaga oid ayrim tenglamalarni fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan.
Elektromagnit maydonning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan. 1782-yilda Laplas o‘z nomi bilan ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo‘llagan. Elektromagnit induksiya qonunini 1831-yilda ingliz fizigi M. Faradey tajriba yo‘li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor o‘rgangan. Elektromagnitli telegraflar rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832-yili yaratilgan. Rus akademigi B. Yakobi 1838-yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga oid Om qonuni 1826-yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf etilgan. Elektromagnit o‘lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833-yillari yaratdilar. Tokning issiqlik ta'siri - Joul-Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841-yili va rus akademigi E. Lens 1842-yilda ta'riflab berishgan. 1844-yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845-yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim qonunga ta'rif bergan. Vektor potensiali, induktivlik va o‘zaro induktivlikni birinchi bor 1845-yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873-yili siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda uni nomi bilan ataladigan o‘zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. 1889-91-yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr energiyaning uch fazali tizimi qismalar(generator, transformator, motor) larini ishlab chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo‘lgan elektr energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan. 1872-yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda birinchi bo‘lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan. 1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to‘lqinlarni mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908-yillarda G. Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq. O‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911-yilda kashf etilgan. "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi bo‘lgan matematik va umumnazariy ishlar to‘g'risida quyidagi ma'lumotlarni berish mumkin. Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi akademiklari L. Eyler va D. Bernullilar bilan birgalikda to‘lqin tenglamalari nazariyasini hamda matematik fizika asoslarini yaratishdi. Laplasning to‘g'ri o‘zgartirish formulasi 1782-yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga o‘zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828-yilda ishlab chiqqan. Differensial tenglamalarni operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko-Zaxarchenko taklif etgan. O‘rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev tomonidan 1867-yil, Dyuamel integrali esa 1883-yil berilgan. Ma'lum harakatning turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli elektrotexnika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892-1912-yillarda tadbiq etilgan. Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika olimi Ch. Shteynmets 1894-yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911-yilda joriy etgan. Sekin o‘zgaradigan amplitudalar usulini 1927-yil golland olimi B. Vander-Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928-yil fransuz olimi G. Puankare ishlab chiqqan. Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937-yil amalga oshirdilar. Nochiziq zanjirlarni chastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo‘lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O.Sobel (1924-y.), amerika olimi R.Foster (1924-y.) rus olimlari S.Yevlanov (1937-y) hamda B.V. Bulgakov (1949-y.) nazariy jihatdan asosladilar.
O‘zbekiston elektroenergetikasini rivojlantirishda O‘zbekiston energetika va elektrlashtirish Vazirligi va uning sobiq vaziri A.Hamidov xizmatlarini alohida qayd etish joiz. Noan'anaviy energoresurslardan, xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish yo‘nalishida akademiklar /.Umarov, R.Zohidov, P.Habibullayev, T.Risqiyev, Q.R. Allayev va boshqalarning izlanishlarini va ular rahbarligida yaratilgan jihoz va qurilmalarni ko‘rsatish mumkin. Sanoat, transport, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan samarali foydalanish yo‘nalishida professorlar A.Radjabov, M.Mamedshaxov, N.Bozorov, A.Muxammadiyev, M. Muxammadiyev, T.Kamolov, X.Karimov, N.Xamidov, M.Ismoilov, A. Xoliqov, S.Amirov va X.Murodov tadqiqotlarini qayd etish mumkin. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish o‘zbek tilida "Elektrotexnika" va "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" fanlari bo‘yicha yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashr etishni taqozo etmoqda. Bu sohada professorlar A.Karimov. S.Majidov, X.Mansurov, U.Ibraximov, M.Ibodullayev, B.Abdullayev, A.Alimov, E.Abduraimov va bоshqalarning mehnatini alohida ta'kidlash joiz.


1 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli Farmoni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida.


Download 31.22 Kb.




Download 31.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi zamon elektroenergetikasi mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi

Download 31.22 Kb.