1.1. Interaktiv veb ilovalar va ularning ahamiyati
Statistik web-saytlar – o‘zaro bog‘liq tarzda kodlangan matnli, rasmli va boshqa shakldagi axborotlardan iborat o‘zgarmas web-sahifalarning majmuidir. Ular foydalanuvchi uchun qiziqarli bo‘lgan standart holdagi hujjatlar va ma’lumotlardan tarkib topadi. Agar ularni yangilash yoki qo‘shimcha ma’lumotlarni qo‘shish kerak bo‘lsa, u holda dasturiy kodni har safar o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bu esa ko‘p vaqt va mehnat talab etadi va web-sahifalar sonining ortishi natijasida web-saytni boshqarish murakkablashib boradi. Shuni eslatib o‘tish joizki, Internetga asos solingan ilk davrlarda barcha web-saytlar statistik turda bo‘lgan. Hozirgi vaqtda web-saytlar dinamik shaklda tayyorlanadi. Dinamik web-saytlar – foydalanuvchi so‘rovini bajarish jarayonida axborotlari bir-biri bilan bog‘lanmagan holda o‘zgarib turuvchi web-sahifalardan iborat bo‘ladi. Dinamik web-saytlarda axborotlar bilan ishlash foydalanuvchi so‘roviga binoan serverda saqlanayotgan ma’lumotlar omboriga murojaat asosida tashkil etiladi. Statistik va dinamik web-saytlarning farqini quyidagi misol orqali ko‘rish mumkin (my.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmati portali). Foydalanuvchining so‘roviga asosan birinchi web-sahifa o‘rniga ikkinchi web-sahifa ochiladi. Agar mazkur web-sayt statistik turda tashkil etilganda edi, u holda undagi har ikkala web-sahifada aks etadigan bir xil axborotlar har bir web-sahifa uchun takroran kodlanar edi (takrorlangan axborotlar raqamlar orqali ifodalangan). Bu web-sayt dinamik turda bo‘lgani uchun maxsus ssenariy asosida web-sahifaning tegishli qismi o‘zgarishi orqali birinchi web-sahifa ikkinchisiga o‘tadi. Web-sahifaning o‘zgarmay qolgan qismi uchun bir marta yozilgan kodlar har ikki sahifa uchun ham umumiy bo‘ladi. Demak, web-sayt bir-biriga yaqin juda ko‘p web-sahifalardan iborat bo‘lsa, shubhasiz uni dinamik turda bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Dinamik web-saytlarning asosiy qulayliklaridan biri axborot resurslarini administrator oynasi orqali boshqarishning osonligidir. Dinamik web-saytlar interaktiv (interfaol, ingl. interaction – o‘zaro ta’sir eta olish) texnologiyalarni qo‘llashda qulay bo‘lib, bunday texnologiyalar qo‘llangan web-saytlar interaktiv web-saytlar deb ataladi. Hozirgi kunda web-saytlarning interaktivlik imkoniyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, ko‘p hollarda flesh-animatsiyali yoki multimediali resurslari mavjud bo‘lgan web-saytlar interaktiv web-saytlar sifatida noto‘g‘ri talqin etilmoqda. Interaktiv web-saytlarda faqatgina ma’lumotlarni ko‘rish yoki tanishish imkoniyatini taqdim etish bilangina cheklanib qolmasdan, yana ularda ro‘yxatdan o‘tish, xabar yuborish va qabul qilish, onlayn (ingl. online – aloqada, tarmoqda) so‘rovlar o‘tkazish, buyurtma asosida ma’lumot olish, turli hisoblagichlar va boshqa elementlar orqali foydalanuvchining “muloqot” qilish imkoniyati ham taqdim etiladi. Shu bilan birga ko‘pgina interaktiv web-saytlar foydalanuvchi va sayt ma’muriyati orasida onlayn-suhbatlar o‘tkazish, onlayn-chatlar (ingl. chatter – gaplashmoq) orqali real vaqt holatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkonini beradi. Web-saytga interaktivlik xususiyatini joriy etish uchun maxsus dasturiy kodlar – server skriptlaridan foydalaniladi. Bu skriptlar foydalanuvchidan olingan ma’lumotlar serverda qayta ishlangach web-sahifada aks etishini ta’minlab beradi. Odatda, brauzer html-faylni o‘qiydi, agar ushbu html-faylda server skripti mavjud bo‘lsa, avval ulardagi ssenariy bo‘yicha amallar serverda bajariladi, so‘ngra olingan natijalar brauzerda aks ettiriladi. Skriptlar serverda bajarilganligi hamda natija brauzerga yuborilganligi sababli server skriptining dastlabki dasturiy kodi brauzerda ko‘rinmaydi. Server skriptlar quyidagilarni bajarishi mumkin:
–ixtiyoriy axborotlarni tezda qo‘shish va o‘zgartirish;
–foydalanuvchining so‘roviga javob berish yoki ularga ma’lumot yuborish;
–ixtiyoriy ma’lumot yoki ma’lumotlar omboriga kirish imkoniyati;
–foydalanuvchi xohishiga ko‘ra web-sahifani o‘zgartirish va sozlash kabi. Interaktiv web-saytlarda bir qator tartib-qoidalar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylarini sanab o‘tamiz: – Web-saytdagi web-sahifalarning deyarli barcha qismi server dasturlari yordamida generatsiya (hosil) qilinadi va qayta ishlanadi. – Web-sahifalar generatsiyasi uchun barcha axborot tegishli ma’lumotlar omboridan olinadi. Ma’lumotlar ombori maxsus server kompyuterlarida turli ko‘rinishda saqlanadi. – Ko‘pincha web-saytlarda ruxsatni cheklash elementlaridan foydalaniladi. Bu cheklashlar turli mijozlar uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy mijozlar web-saytni faqat ko‘rib chiqish, boshqalari esa o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunda identifikatsiyalash (lotin. identifico – tenglashtirmoq, bir xil deb hisoblamoq), ya’ni login (foydalanuvchi identifikatori nomi) va parol (frans. parole – so‘z) elementlaridan foydalaniladi (quyidagi rasmlarga qarang). – Web-saytda ma’lumotlarni qidiruv tizimi mavjud bo‘ladi. Dinamik web-saytlar JavaScript, PHP, Perl va shu kabi juda ko‘p tarqalgan va umumiy e’tirof etilgan dasturlash tizimlari yordamida ishlab chiqilib, ular yordamida server skriptlari yoziladi. Ushbu dasturlash tillari ixtiyoriy murakkablikdagi saytlarni mukammal darajada tayyorlash imkonini beradi. Ammo, bu vazifani bajarish chuqur malaka talab etilgani uchun dasturchilar tomonidan amalga oshiriladi. Misol uchun quyida eng sodda interaktiv web-sahifa ko‘rinishida tashkil etilgan test sinovi o‘tkazish himoyalanmagan sahifasining HTML-kodi keltirilgan: HTML haqida function ball(testga) { var hisob=0; if (testga.a1[3].checked) {hisob++;} if (testga.a2[0].checked) {hisob++;} if (testga.a2[2].checked) {hisob++;} if (testga.a2[1].checked) {hisob–;} if (testga.a2[3].checked) {hisob–;} if (testga.a3[0].checked) {hisob++;} if (testga.a3[1].checked) {hisob++;} if (testga.a3[2].checked) {hisob–;} if (testga.a3[3].checked) {hisob++;} if (hisob>=6 ) {alert(” Balingiz 6″);} else if (hisob>=5 && hisob<6) {alert(” Balingiz 5″);} else if (hisob>=4 && hisob<5) {alert(” Balingiz 4″);} else if (hisob>=3 && hisob<4) {alert(” Balingiz 3″);} else if (hisob>=2 && hisob<3) {alert(” Balingiz 2″);} else if (hisob<2 && hisob>=1) {alert(” Balingiz 1″);} else if (hisob<1) {alert(” Balingiz 0″);} } 1. HTML – bu dasturlash tili
so‘zlashuv tili
chet tili
markerlash tili
2. HTML buyruqlari … deb ataladi. deskriptorlar
operatorlar
teglar
funksiyalar
1. Web-sahifa tayyorlash uchun … foydalanish mumkin. HTML tilidan