|
Html haqida
|
bet | 4/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,26 Mb. | | #255839 |
Bog'liq DiplomBMI ning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Turistlar uchun mo‘ljallangan interaktiv veb ilovalarni koʻrib chiqish va ularning funksionalligi, afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish;
Adabiyotlarni oʻrganish va bugungi turizm sanoatini kuzatish asosida veb ilova tizimining talablari va funksionalligini aniqlash;
Veb ilovani ishlab chiqish uchun tegishli texnologiya toʻplamini tanlash, jumladan dasturlash tilini, maʼlumotlar bazasini va boshqa vositalarni tanlash;
Veb ilovaning arxitekturasini, shu jumladan modullarni aniqlash, ularning oʻzaro taʼsiri va maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish;
Veb ilovaning funksional imkoniyatlarini, jumladan, foydalanuvchilarga keng qamrovli tavsiflarni berish, interaktiv xaritalarni yaratish, boshqa sayohatchilarning sharhlari, reytinglari va tavsiyalarini shakllantirish, bron qilish, mashurtlarni yaratish va boshqa zarur funksiyalarni amalga oshirish.
Har xil turdagi foydalanuvchilar uchun tizimdan foydalanish qulayligini taʼminlovchi foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish;
Veb ilovaning texnik tavsifi, foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar tayyorlash.
BMI ning obyekti. Turistlar uchun mo‘ljallangan veb ilova yaratish jarayoni.
BMI ning predmeti. Turistlar uchun mo’ljallangan yaratilgan veb ilova.
BMI tuzilishi va hajmi: Kirish, uchta bob, xulosa, adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan tashkil topgan.
Kirish qismida ish faoliyati, maqsad va vazifalari va boblar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tiladi.
I va II bobda ishning asosiy qismi hamda yaratilish bosqichlari yoritilsa, III bobda hayot faoliyati xavfsizligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha umumiy xulosalar va keyingi qadamlar bayon etiladi.
I bob. Turistlar uchun mo‘LJALLANGAN INTERAKTIV VEB ILOVA YARATISHNING nazariy asoslari
|
| |