Html sahifa shabloni




Download 11,86 Mb.
bet29/166
Sana29.05.2024
Hajmi11,86 Mb.
#256483
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166
3.1.6-rasm.
Bu belgichalarning birinchisiga mos keluvchi oyna bilan –“jadvallar konstruktori” oynasi bilan yaqindan tanishamiz. Mazkur oyna o‘zi bilan jadval tuzilmasini yaratish va tahrir qilish uchun mo‘ljallangan muayyan qolipdagi vositani ifoda etadi. Uning ikkita gorizontal bo‘lagi bo‘lib, yuqori bo‘lagida “imya polya”, “tip dannix”, “opisanie” nomli uchta ustun va ularga ko‘ndalang pastki bo‘lakda alohida tanlangan, ya'ni chap tomondan qora uchburchak marker, o‘ng tomondan esa o‘chib-yonib turuvchi kursor joylashgan satrda nomi keltirilgan maydonning xossalari ro‘yxati aks ettiriladi.
Har bir maydon uchun belgilanajak “maydon turi” maydon nomi yozilgan joyga qo‘shni katakchadagi atayin yashiringan boshqaruv elementi orqali yoyiluvchi ro‘yxatdan tanlanadi. Aytish joizki, Microsoft Accessda bunday yashiringan boshqaruv elementlari ko‘p bo‘lib, ular ma'lumotlar kiritilishi boshlangunga qadar ko‘rinmay turaveradi.
Maydon uchun ayrim xossalarni tayyorlash majburiy emas. Ba'zi xossalar esa avvaldan o‘rnatilgan bo‘ladi. Ularni ehtiyojga ko‘ra o‘zgartirish mumkin.
Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish hamda paydo bo‘lgan kontekstli menyudan Klyuchevoe pole bandini tanlash kifoya. Tayanch maydonini jadval tuzayotgan paytda tayinlash, umuman olganda, shart emas.
Jadvalda birorta ham maydon ma'lumotlarning takrorlanmasligi xususiyatiga ega bo‘lmasa va ayni paytda mazkur jadval MBning boshqa jadvallari bilan bog‘lanishi kerak bo‘lib qolsa, u holda tayanch maydon o‘rniga boshlang‘ich tayanch sifatida ikki va undan ortiq maydon tanlanishi mumkin. Bu amal ham, xuddi avvalgidek, kontekstli menyu orqali bajariladi. Bunda bir necha maydonni tanlash Shift klavishini bosib turgan holda tanlanilayotgan maydon nomlaridan chapda joylashgan kvadrat markerlarni sichqoncha ko‘rsatkichi va chap tugmasi yordamida bir marotabadan belgilab chiqish orqali amalga oshiradi.
Har safar jadval tuzilmasi ustidagi ishlarni yakunlab, Konstruktor oynasini yopmoqchi bo‘lganimizda MBBT jadvalini saqlab qo‘yish xususidagi so‘roqni ekranga chiqaradi. MB jadvali shu tarzda birinchi bor saqlanayotgan bo‘lsa, dastlabki so‘roq oynasida tasdiqlovchi tugma bosilgach, tarkibida “Imya Tablitsi” nomli maydonchaga ega bo‘lgan “Soxranenie” sarlavhali yana bir so‘roq oynasi paydo bo‘ladi. Undagi maydonchaga jadvalga berilajak nom kiritiladi, keyin enter klavishi bosiladi.
Hosil bo‘lgan jadval odatdagi usulda, ya'ni uning belgichasi ustiga sichqoncha kursorini olib kelib, shu holatda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba deyarli uzluksiz tarzda bosilishi bilanoq ochiladi. Tuzilgan jadvallarning belgichalari (piktogrammalari) “Baza dannix” oynasining “Tablitsi” nomli elementiga mos panellarga ko‘chirishning iloji yo’q (masalan, “Formiy” nomli boshqaruv elementiga mos panelga). Yangi hosil bo‘lgan jadval qaydlarga ega bo‘lmaydi. Dastavval unda faqat jadval tuzilmasini tavsiflovchi ustunlarning nomlarigina bo‘ladi. Jadvalni ma'lumotlar bilan to‘ldirish odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Bundan matn kursori kerakli katakchaga sichqoncha kursori orqali yoki kursorni boshqarish klavishlari orqali o‘rnatiladi. Navbatdagi qaydni jadvalga kiritish undan avval turgan qaydning eng oxiriga katakchasi to‘ldirilgandan so‘ng bajariladi. Bunda, albatta MB jadvali maydoniga “obyazatelnoe pole” xossasi yuklatilgan bo‘lishi kerak.




Download 11,86 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166




Download 11,86 Mb.