• So‘rovlar bilan tanishuv
  • Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash
  • Tanlash shartidan foydalanish
  • Html sahifa shabloni




    Download 11,86 Mb.
    bet30/166
    Sana29.05.2024
    Hajmi11,86 Mb.
    #256483
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
    3.1.7-rasm.

    “O‘tish tugmalari paneli”dagi boshqaruv elementlari ko‘p sonli qaydlardan iborat jadvallar bo‘ylab harakatlanishda qo‘l keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog‘ida joylashgan.


    Jadval qaydlar bilan to‘ldirila boshlanganda kuzatish mumkinki, kiritilayotgan ma'lumotlar katakchalarga har doim ham “sig‘avermaydi”. Bunday holda mazkur katakchani o‘z ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash vositasida kengaytirilishi mumkin. Bunda sichqoncha kursori ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o‘zgargach ikki xil yo’l tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va u qo‘yib yuborilmasdan o‘ng yoki chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu harakatga mos ravishda o‘zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha kursorining ustun chegarasi ustida shakli o‘zgarishi bilanoq “ikki marotaba chiqillatish” qo‘llaniladi. Oxirgi aytganimiz Windowsga xos usul bo‘lib, u ko‘pgina dasturlarda birday amal qiladi.MB jadvalining o‘ziga xosliklaridan biri, bu o’nga kiritilayotgan ma'lumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi xususiyatidir. Shunga qaramay, mabodo jadval maketi o‘zgartirilgan bo‘lsa, MBBT mazkur o‘zgartirishni saqlash borasida Sizning tasdig‘ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi maydonlar sonini, ularning xossalarini, bir so‘z bilan aytganda, jadval tuzilmasini o‘zgartirish lozim bo‘lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor rejimida ochmoq kerak. Buning uchun “База данных” oynasining “Tablitsi” elementiga mos “ro‘yxat”dan mazkur jadvalning belgichasi (piktogrammasi) tanlangan holda Konstruktor tugmasi “bosiladi”. Konstruktor yordamida jadval yaratish tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida jadval tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog‘liq, albatta. Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi yo’lga qo‘yilgan bo‘lsa, ya'ni loyiha puxta o‘ylangan bo‘lsa, Konstruktor loyihaning miqyosi, kattaligidan qat'iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun yetarli hamda qulay bo‘lgan jadval tuzilmasi va maketini yarata oladi.
    Jadvallararo bog‘lanishlarni tuzish.
    MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o‘rnatish MB tuzilmasi ishlanayotganda ko‘zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog‘lanishni tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlar “Sxema dannix” nomli maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna Servis-Sxema dannix buyrug‘i bilan ochiladi yoki vositalar ponelida joylashgan ko‘rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Hosil bo’lgan jadvallararo bog’lanish Sxema dannix oynasida turli jadvallarning ikki maydonini bog’lab turuvchi yo’nalishli chiziq ko’rinishida aks etadi. Bu bog’lanishda o’zining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval yetakchi hisoblanadi. Bunda tayanch maydon nomi ko’zga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval hisoblanadi. MBning mutasaddisi ma'lumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yo’ldan birini tanlashi mumkin: biri – yetakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma'lumotlarni o‘chirib yuborilishi holatlariga to‘siq qo‘yish; ikkinchisi - bog‘langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi tartibni o‘rnatib, o‘chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB yetarlicha katta va o‘zaro bog‘langan jadvallari ko‘p bo‘lsa, bu kabi o‘chirish ishlarini “qo‘lda“ bajarish anchagina qiyinchilik tug‘diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog‘lanish kabi avtomatlash vositalari kerak bo‘ladi.Demak, jadvallar o‘rtasidagi avtomatik bog‘lanish tufayli: yetakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma'lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari Sxema dannix buyrug‘i orqali bog‘langan taqdirda, o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, yetakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma'lumotlarni o‘chirib yuborishda yoki o‘zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning boshlang‘ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma'lumotlarning ham o‘chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan o‘zgartirishli avtomatik tarzda ro‘y beradi.
    Bog‘lanish xossalarini sozlash uchun “Sxema dannix“ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog‘lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan bog‘lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Izmenit svyaz” nomli bandni tanlash kerak bo‘ladi. Shunday qilinsa, ekranda
    “Izmeninie svyazey“ sarlavhali muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Mazkur oynada bog‘langan jadvallarning nomlari hamda bog‘lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma'lumotlar butunligini ta'minlovchi boshqaruv elementlari keltiriladi. Bog‘lanishlarni o‘zgartirishni ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin.
    Bu oynada faqat “Obespechenie selosnosti dannix“ kvadratchasi belgilangan bo‘lsa, unda yetakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma'lumotlar o‘chirib yuborishdan saqlangan bo‘ladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa, mos ravishda yetakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma'lumotlarga o‘zgartirishlar kiritishga va ma'lumotlarni o‘chirib yuborishga ruxsat berilgan bo‘ladi, shuningdek, bu o‘zgartirish va o‘chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.
    Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o‘rtasida relyasion bog‘lanishlarni hosil qilishning ma'nosi ma'lumotlar muhofazasini ta'minlashdan va o‘zaro bog‘langan jadvallarning biriga o‘zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o‘zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.
    So‘rovlar bilan tanishuv
    Mana MB jadvallari bilan tanishib chiqdik. Ular MBning eng qimmatli obyekti sanaladi. Odatda MB tuzilmasi yaxshi o‘ylangan va puxta ishlangan bo‘lsa, foydalanuvchilarning MB jadvallariga murojaat qilishlari, to‘g‘rirog‘i, jadvallarni ochishlariga ehtiyoj qolmaydi. MBni istifoda etuvchilar ba’zida jadvallar borligini unutsalar ham bo‘ladi. Ular baza ma'lumotlaridan foydalanishlari uchun “so‘rovlar-zaprosiy” deb nomlanuvchi maxsus obyekt mavjud. MBni ishlab beruvchi mutaxassis foydalanuvchilarning barcha so‘rovlarini oldindan ko‘ra bilgan holda bu obyektni avvaldan tayyorlaydi. Tayyor bo‘lgan “so‘rov”, “Baza dannix” oynasining “Zaprosiy” panelidagi ro‘yxatdan topilib, uning belgichasini tanlagan holda Enter klavishasini bosib ochiladi. Bunda ekranda natijaviy jadval paydo bo‘ladi, undan foydalanuvchi o‘zi qiziqqan ma'lumotni topishi mumkun.
    Umuman olganda natijaviy jadval MB asosiy jadvallarining hech biriga mos kelmasligi tabiiy. Chunki, natijaviy jadvalning maydonlari turli asosiy jadvallarning maydonlaridan, ulardagi qaydlar esa foydalanuvchining talabi-so‘rovlari tufayli filtrlangan va saralangan qaydlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, foydalanuvchi natijaviy jadvaldan o‘ziga kerakli ma'lumotlarni topa olmasa, u holda yangi so‘rov tayyorlash zarurati paydo bo‘ladi, bu ish MBning ishlanishini ta'minlab turuvchi mutaxassis zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
    So‘rovlarni dastavval Konstruktor yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o‘rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Zaprosiy” nomli boshqaruv elementi va o’nga mos ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro‘yxat “Sozdanie zaprosa v rejime konstruktora ” nomli yozuv va o’nga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Zapros 1: zapros na viyberku” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna bo‘yicha so‘rov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada so‘rov yo’naltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir ustunda tuzilajak natijaviy jadvalning ma'lum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi ma'lumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, “yoki” so‘zi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi.
    Namuna bo‘yicha so‘rovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali so‘rov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. So‘ng natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan to‘ldirib boriladi. Shu tarzda “so‘rov tuzilmasi” shakllantirilgach, uning oynasini yopish oldidan so‘rovga nom beradi. Keyinchalik mazkur “so‘rov” ni ishga tushirish. “Jadval” larda o‘rganganimizdek tarzda, odatdagidek amalga oshiriladi.
    Ko‘rib chiqqanimizdek tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng ko‘p qo‘llaniladigan “so‘rov”lar tuziladi,ularni “tanlanma bo‘yicha so‘rovlar” deb atashadi chunki, bu turdagi “so‘rovlar” o‘zlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan ma'lumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi.
    Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash
    Tanlanma asosidagiso‘rovlarni qo‘llash natijasida tanlab olingan ma'lumotlarni tartibga solish zarurati tug‘ilsa, “sortirovka”- saralash buyrug‘idan foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, blankning quyi qismida sortirovka nomli maxsus satr bor. Bu satr tanlanishi bilanoq mos katakchaning o‘ng tomonida yoyiluvchi ro‘yxat tugmasi paydo bo‘ladi. Bu yoyiluvchi ro‘yxatda saralash usullarining - o‘sish tartibida yoki kamayish tartibida saralash usullarining nomlari keltirilgan. Natijaviy jadvalda ma'lumotlarning saralanishi saralash tartibi qaysi maydon uchun o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha maydon bo‘yicha amalga oshiriladi.
    MBlarda ma'lumotlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta maydon bo‘yicha saralash imkoniyati mavjud. Bu holda saralash namuna bo‘yicha so‘rov blankining ustunlarida joylashgan maydonlar bo‘ylab chapdan o‘ngga qarab bajarib boriladi. Binobarin, so‘rovni shakllantirayotganda natijaviy jadval maydonlarini duch kelganday emas, balki kelgusida ma'lumotlarni bosqichma-bosqich saralashga to‘g‘ri kelib qolishini nazarda tutib joylashtirish kerak ekan.
    O’rin almashtirishning umumtizimiga oid usullari bilan namuna bo‘yicha so‘rov blankidagi ustunlarning joylashish tartibini o‘zgartirish mumkin. Bunda sichqoncha yordamida “peretaskivanie” amalini qo‘llash kerak bo‘ladi.
    Natijaviy jadvalda ma'lumotlar aks ettirilishini boshqarish oldindan o‘rnatilgan tartibda (ya'ni po umolchaniyu) nazarda tutiladiki, ‘so‘rov’ ga kiritilgan barcha maydonlar ekranda aks ettiriladi. Biroq bu har doim ham maqsadga muvofiq emas. Ma'lumotlarning natijaviy jadvalda aks etishini boshqarish namuna bo‘yicha so‘rov blankining “viyvod na ekran” nomli satridagi kvadratchalar orqali amalga oshiriladi. Aytaylik, shunday hollar bo‘ladiki, biror bir maydon kerakli ma'lumotlarni saralash uchun qulay bo‘lgani boisidan so‘rovga qo‘shilishi va ayni chog’da, “begona ko‘z”lardan holi bo‘lish talab qilinadi. Bunday maydonni ekranda aks ettirmaslik uchun “viyvod na ekran” satrining mazkur maydonga mos kvadratchasidagi belgi olib tashlanadi. Misol tariqasida fanlarni qoniqarli o‘zlashtira olmagan talabalar ro‘yxatini e'lon qilishga mo‘ljallangan “so‘rov”ni keltirishimiz mumkin. Bu so‘rov talabalarning o‘zlashtirilishini yoritadigan jadvallarga asoslanadi. So‘rov faqatgina ro‘yxatni aks ettirsada, mazkur ro‘yxat aslida “ekran ortidagi” o‘zlashtirish natijalari maydonlariga tayanadi.
    Tanlash shartidan foydalanish
    Endi e'tiboriingizni namuna bo‘yicha so‘rov blankidagi “uslovie otbora” –“tanlab olish sharti” satriga qaratamiz. Bu satrning so‘rovda ishtirok etayotgan har bir maydonga mos katakchasida maydonning o‘zigagina tegishli alohida shart berish mumkin. Demak, “uslovie otbora” satri berilgan mezonlarda ma'lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir.

    Download 11,86 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




    Download 11,86 Mb.