|
Html sahifa shabloni
|
bet | 27/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Pulli maydon(denejnoe pole)- pul mablag‘larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon, undagi ma'lumotlar sonli maydon ma'lumotlaridan pullarga xos xususiyatlari borligi bilan farq qiladi va pulga oid amallarni bajarishda foydalanuvchiga yanada qulaylik tug‘diradi.
Hisobchi maydon(schetchik)- qaydlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.
OLE obyekti maydoni (pole obyekta OLE)- bog‘lash va joriy etish (L&e) texnologiyasi bilan o‘rnatiluvchi obyektlarning yorliq yoki ko‘rsatkichlarini saqlashga mo‘ljallangan tabiiy maydon. Tabiiyki, bunday obyektlar MB fayli tarkibida, biroq baza jadvalidan boshqa joyda saqlanadi.
– Internet Web-obyektlarining URL manzillarini saqlashga mo‘ljallangan maxsus maydon. Undagi qaydlar gipermurojaatlardan iborat.
O’rniga qo’yish ustasi (master podstanovok) – bu obyektni sozlash tufayli klaviaturadan emas, Sichqoncha yordamida ma'lumotlarni yoyiluvchi ro‘yxatdan tanlab olish yo‘li bilan maydonga ma'lumotlar kiritishni avtomatlashtirish mumkin.
MBBT (Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimi)ga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: bu-foydalanuvchilar guruhi va loyihalovchilar guruhi. Loyihalovchilar MBga ehtiyojmand foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yaxshilash ustida ishlaydi.
MBBTga murojaat etuvchilarning foydalanuvchilar guruhi vakillari loyihalanib bo‘lgan MBni to‘ldirish va ularni istifoda qilish bilan band bo‘ladilar. Umuman olganda, foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o‘zgartirishga haqli emaslar, ular, odatda, faqat o‘z funksional vazifalariga taalluqli ma'lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.
MBBTning asosiy obyektlari
Obyekt deganda, odatda, qo’llanilishi nuqtai nazaridan o’zi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushuniladi. MBBTlarda obyektlar iborasiga alohida ma'no yuklatilgan bo‘lib, tuzilishi o‘ziga xos murakkablik kasb etuvchi MBda obyektlar axborot oqimini boshqarish, ma'lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, himoyalash, tahlil qilish va uzatish bilan bog’liq qiyin amallarning bajarilishida ma'lum bir tartib o‘rnatishga va shu asnoda foydalanuvchilar uchun yetarlicha yengillik yaratishga xizmat qiladilar. Siz bilan biz o‘rganishga kirishgan Microsoft Access dasturida asosiy obyektlarning yetti xili mavjud. Ular bilan bir qator tanishib chiqamiz.
|
| |