Html sahifa shabloni




Download 12,23 Mb.
bet28/166
Sana14.05.2024
Hajmi12,23 Mb.
#232404
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166
Bog'liq
152371477 (3)

3.1.5-rasm.
Jadvallar har qanday MBning asosiy obyektlari hisoblanadi. MBda saqlanishi kerak bo‘lgan barcha ma'lumotlar jadvallarga jo bo‘ladi, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilmani-MB tuzilmasini ham o‘zlarida ifoda etadilar.
So‘rovlar kerakli ma'lumotlarni MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So‘rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko‘pgina amallar bajariladi, ya'ni so‘rovlar orqali ma'lumotlarni saralash, ya'ni filtrlash, ma'lumotlarni berilgan tartibda o‘zgartirish, ma'lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan ma'lumotlar bilan to‘ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB jadvallarining o‘zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko‘proq mehnat, ko‘proq vaqt sarf bo‘ladi. So‘rovlar esa ishlash tezligi va MB xafsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.
Shakllar MBga yangi ma'lumotlarni kiritish hamda mavjudlarini ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma'lumot kirita oladi. Loyihachilar esa ma'lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maqsadida shaklga maxsus boshqaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro‘yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning afzalliklari ma'lumotlarni to‘ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yaqqol nomoyon bo‘ladi. Bu holda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boqalar) grafik vositalar ko‘magi bilan shaklda mutlaqo aynan aks etiriladi. Demak shakllar yordamida nafaqat ma'lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MB dagi mavjud qoidalar ko‘rgazmali tarzda aks etirilar ham ekan.
Hisobotlar – o‘zlarining xossalari va tuzilishiga ko‘ra ko‘proq shakllarga o‘xshab ketadi. Hisobotlar bazadagi ma'lumotlarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boisdan, ular boshqa obyektlardan, chop etiluvchi ma'lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa hujjatlarga xos bo‘lgan yuqori va quyi kolontitullar, sahifa raqamlari, hisobot tuzilgan sana hamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini ham asosiy ma'lumotlar qatori qog’ozga chiqarish uchun mo‘ljalangan alohida jihatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Sahifalar – aslida “ma'lumotlarga kirish Sahifalari” deb atalivchi bu obyekt Internetda WWW xizmatining juda ham tez omaviylashuvi natijasida Hosil bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Bu obyekt Web – sahifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.
Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida ko’p marotaba takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtamatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining maxsus talablari qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yaxshilanishi mumkin.
Endi Microsoft Accessda MB ning asosiy obyektlarini ishlab chiqish vositalari bilan tanishamiz. “Obyektustalari” dan soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl, avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. O’rganish maqsadida baza jadvalini tuzish, so‘rov, shakl yoki hisobot yaratish, ma'lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarni har birini qo‘llab ko‘rishni tavsiya etamiz.
“Ustalar”dan foydalanish jadval hamda so‘rovlar tuzishni tezlashtirilsada, MBBT ning tushuncha va usullarini o‘zlashtirish uchun ulardan ko‘ra ko‘proq Konstruktor rejimi qo‘l keladi.
Shakl, hisobot va “ma'lumotlarga kirish sahifalari“ni hosil qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan “Ustalar” samaraliroqdir. Chunki, bu obyektlarni mazmun bilan to‘ldirishdan ko‘ra ularga ko‘rk berish ko‘proq mehnat talab etadi.
Microsoft Accessning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash uning “Baza dannix»nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access obyektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish
Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo “Baza dannix” oynasidagi “Tablitsi” nomli boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So‘ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya'ni “Sozdanie tablitsi v rejimi konstruktora”, “sozdanie tablitsi s pomoshyu mastera” va “sozdanie tablitsi putem vvoda dannix” deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz (2-rasm).


Download 12,23 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   166




Download 12,23 Mb.