|
Html sahifa shabloni
|
bet | 36/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Masofadan tekshirish
Video aloqa uskunalarining afzalligiga qaramay, favqulodda holatlarda, keksa odamlarga yoki surunkali kasalliklar хurujida va boshqa tibbiy holatlarda yangi texnologiyalar taqdim etadigan imkoniyatlar tezkor birinchi yordam ko‘rsatishda shifokorning o‘rnini bosa olmaydi. Shu maqsadda yangi zamonaviy qurilmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning evaziga bemorlarning qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, uy sharoitida sog‘liqlarini muntazam kuzatib borish mumkin. Mazko’r qurilmalar olingan ma’lumotlarni joriy nazorat markazlariga jo‘natadi, u yerda esa bemor salomatligi holati shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Shifokor jug‘rofiy jiхatdan qanchalik olis masofada bo‘lsada, darхol zarur choralarni ko‘rib, хayot uchun muхim ko‘rsatmalarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu bemorlarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashda eng yaxshi imkoniyatdir.
Mahalliy ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanishi uchun tibbiy uskunalar:
Boshqa bemorlarga yordam bera oladigan bemorlar, — bu tibbiy yordam sohasini kengaytirishda ajoyib yondashuvdir. Ayrim hollarda bemorlarga professional tibbiy yordam zarurati bo‘lmaydi, balki boshqa bemorlardan ularga o‘xshash muammoga duch kelgan bemorning maslaхat olishining o‘zi yetarli bo‘ladi. Elektron hamjamiyatlarning PatientsLikeMe.com kabi onlayn-usullar jug‘rofiy joyning qayerdaligidan qat’iy nazar bemorlar guruhiga harajatlarning oshishiga yo‘l qo‘ymay, muloqot qilishga imkon beradi, mazko’r xizmatdan foydalanish uchun bemorlardan faqat mobil telefoni yoki kompyuterga ega bo‘lish talab etiladi.
Teletibbiyot uskunalaridan katta miqyosda samarali foydalanayotganlar orasida Afrika alohida o‘rinni egallaydi. Virtual Doctors — notijorat ‘Afrikaning qishloq хududlari uchun maxsus ishlab chiqilgan teletibbiyotning oddiy dasturiy ta’minoti bo‘lib, olisda joylashgan tibbiy yo‘riqchilar deb nomlanadigan maxsus tibbiy mutaxassislar va tibbiy ekspertlar guruhi o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beruvchi va tashxis qo‘yish hamda davolash imkonini beradi».
Teletibbiyot borgan sari keng ommalashib bormoqda, aslida, ular, ayniqsa, qishloq joylarda shifokorlar o‘rnini bosa olmaydi, biroq u allaqachon tibbiy xizmatlardan darхol foydalanish va muntazam sog‘liqni parvarishlashda o‘z o‘rnini topmoqda. Shuningdek, yetib borish qiyin bo‘lgan olis хududlarda darхol tibbiy xizmatlarga bog‘lanish imkonini ta’minlaydi. Ilg‘or texnologiyalardan maqsad doimo qulaylikka erishish tomon ko‘prik solishdan iborat, teletibbiyot bunga ajoyib misol bo‘la oladi.
2-rasm
3-rasm
Mobil Teletibbiyot Labaratoriyasi-Scaesnet
Mobil Teletibbiyot Labaratoriyasi-yuqori bosqichli sistema bo’lib, u OITV,malariya va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ko’rashda ishlatiladi.
MTL-umumiy aholini tekshirish va birinchi tibbiy yordam berishni amalga oshirishda muхim ahamiyatga ega.1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda epidemik vaziyat monitoringi va nazorat qilish tizimi
4-rasm
Ko’chib yuruvchi teletibbiyot kompleksi tarkibi:
1.Akumlyatorli sputnik terminali.
2.Akumlyatorli va yorituvchi video konferensiya aloqa sistemalari.
3.Video/audio(to’liq kompleks) uzatuvchi interaktiv shlem
4.Tibbiyot uskunalari kompleksi
5.Muammoni yechishga yordam beruvchi Sistema(ekspert sistemasi)
Shoshilinch vaziyatlarda VKS-o’tkazish -01.
Uy teletibbiyoti-video aloqa orqali masofaviy bemor sog’lig’ini monitoring qilish.
Shifokor ekranida:
bemorni kasallik tarixi ;
oxirgi elektrokardiografiya natijasi;
Shifokorni bemor bilan video aloqasi namoyon bo’ladi.
5-rasm
6-rasm.
Oʻzbekiston shoshilinch tibbiy yordam markazi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi — yuqori malakali ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatadigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 2001 yil 1 maydan faoliyat koʻrsata boshladi. 760 oʻringa moʻljallangan hamda jahon andozalari darajasidagi tegishli tibbiyot asbob- uskunalari bilan jiхozlangan ushbu markaz respublikamiz aholisiga tun-u kun yuqori malakali maxsus shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish quvvatiga ega. Tarkibiga respublika sanaviatsiyasi va Toshkent shahri "1-03" xizmati ham kiradi. Uning viloyatlarda 12 ta filiali va 173 ta boʻlimi, shuningdek, tuman va shaхar miqyosida favqulodda vaziyatlarda faoliyat koʻrsatuvchi 182 ta shoshilinch tibbiy yordam brigadalari mavjud.
Markazda 11 ta ilmiy boʻlim (shoshilinch jarrohlik; qoʻshma va asoratlangan jarohatlar; kombustiologiya; shoshilinch terapevtik holatlar; toksikologiya va kritik holatlar; yosh bolalar shoshilinch jarrohligi; shoshilinch pediatrik holatlar; shoshilinch uroginekologiya; nur diagnostikasi; patologik anatomiya va eksperimental tibbiyot, qabuldiagnostika), ular tarkibida 36 ta klinik boʻlinma boʻlib, turli xil shoshilinch jarrohlik, neyrojarrohlik, akusherginekologik, urologik, terapevtik, kardiologik va boshqalar patologiyali bemorlarni qabul qiladi. 2005 yil 225 oʻrinli pediatriya majmui ishga tushirildi. Markaz zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolariga oid ishlar olib boradi, bular, asosan, shoshilinch holatlarni erta diagnostika qilish va davolashning eng maqbul va kam jaroхat yetkazuvchi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bular davolash samaradorligini oshirish bilan birga, yotib davolanish muddatini, shuningdek, davolanish uchun ketadigan harajatlarni jiddiy kamaytirishga imkon beradi. Markaz uning filiallari, boʻlim va boʻlinmalarida aloqa va telekommunikatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Ular zamonaviy telefon va mobil aloqa (tranking radiotelefon va uyali aloqa) vositalari hamda kompyuter texnikasi, 1pgegpe11tgape1 koʻrinishidagi telekommunikatsiya tizimi bilan taʼminlangan, bu shoshilinch tibbiy yordam tizimi texnologiyasi, shuningdek, teletibbiyot tizimini, yaʼni uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlarini masofadan turib oʻqitish va tegishli maslaхatlar berish (konsultatsiya) tizimini ham oʻz ichiga oladi.
|
| |