• MICROSOFT ACCESSDA MALUMOTLAR OMBORINI YARATISH
  • Dastur ishga tushgandan keyin quyidagi oyna Hosil bo’ladi.
  • Ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz




    Download 12,23 Mb.
    bet33/166
    Sana14.05.2024
    Hajmi12,23 Mb.
    #232404
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166
    Bog'liq
    152371477 (3)

    Ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz:
    1. ‘Tablitsi’ (Jadvallar)-MB ning asosiy obyekti. Unda ma'lumotlar saqlanadi.
    2. ‘Zaprosiy’ (So’rovlar)-bu obyekt ma'lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o’zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
    3. ‘Formiy’ (Shakllar)-bu obyekt ma'lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko’rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo’lishi mumkin.
    4. ‘Otchyotiy’ (Hisobotlar)-bu obyekt yordamida saralangan ma'lumotlar qulay va ko’rgazmali ravishda qog’ozga chop etiladi.
    5. ‘Makrosiy’ (Makroslar)-makrobuyruqlardan iborat obyekt. Murakkab va tez-tez murojat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o’rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
    6. ‘Moduli’ (Modullar)- Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oluvchi obyekt.
    Bundan tashqari, ‘Stranitsiy’ (Sahifalar) nomli alohida obyekt ham mavjud. Bu obyekt HTML kodida bajarilgan, Web-Sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan aloxida obyektdir.
    MICROSOFT ACCESSDA MA'LUMOTLAR OMBORINI YARATISH
    Biror ma'lumotlar omborini loyihalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun WINDOWS oynasining masalalar panelidagi ‘pusk’ tugmachasi ustiga Sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasini bosamiz va ‘Programmiy’ bo’limiga o’tib, Microsoft Access qismini tanlab olamiz.



    Dastur ishga tushgandan keyin quyidagi oyna Hosil bo’ladi.





    MBning dastlabki oynasida yuqorida sanab o’tilgan 6 ta asosiy obyektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3ta buyruq tugmachalari mavjud. Bular: ‘Otkriyt' (ochish), ‘Konstruktor' (Tuzuvchi), ‘Sozat»(Yaratish) tugmachalaridir.
    ‘Otkriyt' (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi, ‘Konstruktor' (Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to’g’irlash imkonini beradi. Agar obyekt jadval bo’lsa, o’nga yangi maydonlar kiritish mumkin. ‘Sozdat» (Yaratish) tugmachasiyangiobyektlarni: jadvallar, So’rovlar, shakllarvahisobotlarniyaratishuchunishlatiladi.
    Biror MBni yaratishdan oldin albatta uning loyihasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun MOning tuzilmasini aniqlab olish kerak bo’ladi. MBning yaxshi tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MOni yaratish uchun asos bo’ladi.
    MS Accessda MBni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo’sh bazani yaratib, so’ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa obyektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha yengil va qulay bo’lgani bilan MOning har bir elementlarini alohida aniqlashga to’g’ri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan ko’proq foydalaniladi. Unda ‘Master’ (usta) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlarga ega bo’lgan ma'lum turdagi MO birdaniga yaratiladi, so’ngra tegishli o’zgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlang’ich MOni yaratishning eng sodda usulidir.
    MOni ‘Master’ (Usta) yordamida yaratish.
    1.MS Access ishga tushirilgandan keyin paydo bo’lgan oynadan ‘Zapusk mastera’ (Ustani ishga tushirish) parametrini tanlab, OK tugmachasini bosamiz. Agar MO oldindan ochilgan bo’lsa yoki dastlabki muloqot oynasi yopilgan bo’lsa, uskunalar panelidagi ‘Sozdat bazu dannix’ (MOni yaratish) tugmachasini bosish kerak.



    2. Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MOning shabloni (andazasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasini ikki marta bosish kerak.
    3.Ochilgan ‘Fayl novoy baziy’ (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi ‘Papka’ (Jild) ro’yxatidan, yaratilayotgan MOni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papkani tashlash, ‘Imya fayla’ (Fayl nomi) maydonida MOning nomini kiritish va ‘Sozdat’(Yaratish) tugmachasini bosish kerak.





    4.Keyingi muloqot oynasida Usta yaratilayotgan MO qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma'lumot chiqadi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
    Otmena” (Bekorqilish)-Ustaningishinitoxtatadi;
    Nazad” (Orqaga)- usta ishida bitta oldingi qadamga qaytadi;
    Dalee” (Keyinga)- usta ishida keyingi qadamga o’tadi;
    Gotovo” (Tayyor)-Tanlangan parametrli MOni yaratish ustasini ishga tushiradi. Ushbu tugmachana bosishdan oldin Moda saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi.
    5.Ishni davom ettirish uchun “Dalee” (Keyingi) tugmachasi bosiladi.
    6.Ochiladigan muloqot oynasi ikkita ro’yxatdan iborat bo’ladi.





    Ulardan biri MO jadvallari ro’yxati, ikkinchisi-tanlangan jadvalning maydonlari ro’yxati. Ushbu ro’yxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Odatda deyarli barcha maydonlar belgilanadi (juda kam ishlatiladigan maydonlardan tashqari). Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini (v-belgisi) o’rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so’ng ‘Dalee’ (Keyingi) tugmachasini bosish kerak.
    7.Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jihozlashni tanlab olish yana ‘dalee’ (keyinga) tugmachasini bosish kerak.








    8.Usta ishining keyingi bosqichida MO uchun yaratilayotgan hisobotlar ko’rinishini aniqlash mumkin.
    9.Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo’yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo’ladi. Agar rasm kerak bo’lsa ‘Da’ (Xa) yozuvining oldiga bayroqcha o’rnatish kerak. Unda ‘Risunok’ (Rasm) tugmachasini ishlatish mumkin bo’ladi. Bu tugmacha bosilganda ‘Viybor risunka’ (rasmni tanlash) oynasi ochiladi.
    10.Oxirgi oynada ‘Gotovo’(Tayyor) tugmachasini bosish ustani MOni tuzish uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan parametrli MOni yaratadi.
    Topshiriq 1. Usta yordamida jadval yaratish.
    Ko’rsatma.

    1. ‘Baza dannix’ oynasida Tablitsa tugmasini, keyin Sozdat tugmasini bosing.

    2. ‘Novaya tablitsa’ muloqot oynasida Master tablits tugmasini, keyin OK tugmasini bosing.

    3. ‘Sozdanie tablits’ muloqot oynasida Obrazsiy tablits ro’yxatidan Adresa ni tanlang.





    1. Jadvalga qo’shilishi kerak bo’lgan maydonlarni aniqlang. Buning uchun maydonlar obrazlari ro’yxatidan Sichqoncha orqali kerakli maydonlar nomini belgilang va >, tugmasini bosing, natijada maydonlar obrazi yangi yaratilayotgan jadvalga o’tib kolsin. Quyidagi maydonlarni tanlang: KodAdresa, Familiya, Imya, Adres, DomashniyTelefon (1.1-rasm).

    2. Dalee tugmachasini bosing. Dalee tugmasini bosing, qachonki u aktiv bo’lsa, Gotovo tugmasini faqat oxirgi holatda qo’llang.

    3. Keyingi muloqot oynasida jadval nomini kiriting (eski nomi - _Adresa ni ham qoldirishingiz mumkin) va Microsoft Access ga o’zi mustaqil kalitni aniqlashga ruxsat bering.

    4. Oxirgi muloqot oynasida ma'lumotlarni to’g’ridan to’g’ri jadvalga kiritishga rozi bo’ling. Gotovo tugmasini bosing.

    Ma'lumot. Jadval yaratildi. Jadvalning sarlavha qatorida ularni nomini topish mumkin. Hamma maydon nomlari jadval ustunlari sarlavhasi sifatida berilgan
    Jadvalni yaratish jarayonida siz kalit tushunchasiga duch keldingiz.
    Birlamchi kalit – bir yoki bir nechta maydonlar, ularning qiymatlar to’plami jadvalning ixtiyoriy yozuvini aniqlaydi. Bizning jadvalda kalit bo’lib KodAdresa maydoni hisoblanadi. Bu ma'lumot maydon tipi – Schetchik, jadvalni bitta yacheykasi tuldirilishi bilan avtomatik ravishda ishlay boshlaydi. Shuning uchun KodAdresa maydonini to’ldirish kerak emas.
    Ko’rsatma. Jadvalni to’ldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    1.Familiya, ism va adresni birinchi adrasat uchun kiriting.
    2. DomashniyTelefon maydonini to’ldirish uchun ‘maska vvoda»dan foydalaning.
    Ma'lumot
    Maska vvoda – u shablon bo’lib, bir xil formatga ega bo’lgan qiymatlarni kiritish uchun mo’ljallangan.
    Telefon uchun ‘maska vvoda»o’zgartirish uchun:
    - Vid menyusidan Konstruktor buyrug’ini tanlang;
    - DomashniyTelefon maydonini belgilang;
    - Ustanovite Tekstoviy kursor naprotiv Maska vvoda to’g’risiga kursorni o’rnating va shablon (0-00-00) ni kiriting (1.3-rasm);
    - Vid menyusi yordamida jadval rejimiga o’ting. Jadvalni saqlash So’roviga Da deb javob bering.

    1. Qolgan yacheykalarni shunday to’ldiringki jadvalda 10 dan kam yozuv bo’lsin (1.4-rasm):

    Topshiriq 3. Imya va Adres maydonlari orasiga yangi maydon qo’shing.
    Ko’rsatma:

    1. Jadvalda Adres ustunini belgilang.

    2. Shu ustunning kontekst menyusida Dobavit stolbets buyrug’ini tanlang. Natijada Pole1 maydoni Hosil bo’ladi.

    Topshirik 4. Pole1 maydon nomini ‘Otchestvo’ ga qayta nomlang.

    Download 12,23 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166




    Download 12,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ularning har biri haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz

    Download 12,23 Mb.