• Shakllar bilan tanishuv
  • Shakl tuzilmasi
  • So‘rovlar asosidagi so‘rovlar




    Download 12,23 Mb.
    bet31/166
    Sana14.05.2024
    Hajmi12,23 Mb.
    #232404
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166
    Bog'liq
    152371477 (3)

    So‘rovlar asosidagi so‘rovlar.
    Biz yuqoridagi ko‘rib chiqqanimiz tanlanmaga ko‘ra so‘rovlar, qaytaramiz, so‘rovlarning eng sodda va keng qo‘llanuvchi turidir. Mazkur sodda so‘rovlar asosida bajariluvchi so‘rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir:
    Yakuniy so‘rovlar - Bular ko‘rsatilgan maydon bo‘yicha arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob-kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar;
    Ko‘rsatkichli so‘rovlar - bu turdagi so‘rovlarning e'tiborli joyi shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o‘zi mazkur so‘rov chiqarilgan paytda kerakli ko‘rsatkichni kiritish bilan berish mumkin;
    Kesishuvchi so‘rovlar - bular jadvallar turkumini tahlil qilish tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil qiladilar;
    O‘zgartirish uchun so‘rovlar - bular jadvallar maydonlarini to‘ldirishning avtomatlashtirilishini ta'minlaydi.
    Yuqoridagi so‘rovlardan tashqari MB serveriga murojaat etuvchi maxsus so‘rovlardan ham foydalaniladi. Shu o‘rinda ta'kidlash lozimki, MB jadvallariga so‘rovlar aslida maxsus dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o‘rin qoldirmaydi.
    Shakllar bilan tanishuv
    “Shakllar-formiy” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma'lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so‘rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko‘rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko‘rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko‘ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so‘rov asosidagi turlari mavjud bo‘lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya'ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo‘llaniladi.
    Ko‘rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o‘zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma'lumotlarni kiritish va tahrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, undan natijaviy ma'lumotlarni ko‘rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli avtoshaklning izohi o‘zi bilandir.
    Avtoshaklni yaratish uchun “Baza dannix“ oynasidagi “Formiy“ panelini ochish kerak va “Sozdat“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo‘lgan “Novaya forma“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so‘rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma'lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi.
    Ta'kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta obyektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so‘rovlarini qo‘yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo‘lish mumkin. Bir nechta o‘zaro bog‘langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o‘zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko‘rinishi sodda shaklga misol bo‘ladi.
    Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqot tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi “Master form“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “Baza dannix“ oynasidagi “Formiy” panelida joylashgan “Sozdanie formiy s pomoщyu mastera“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko‘rinishi, so‘ngra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. To‘ldirilgan shakl tuzilmasini ko‘rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo‘lib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, “Izmenit market formiy“ doirachasini faollashtirib qo‘yish mumkin.
    Shakl tuzilmasi
    Ayni vaqtda siz o‘z kompyuteringizdan foydalaning. O‘zingiz tuzgan shaklni yana bir bor konstruktor rejimida oching. Ko‘rib turganingizdak shakl ‘Zagolovok formiy’ nomli sarlavha sohasi ‘Oblast dannix’ ma'lumotlar sohasi hamda ‘Primechanie formiy’ nomli izohlar sohasiga bo‘linadi. Bu sohalarning o‘lchamlari ehtiyojga qarab sichqoncha orqali odatdagi amallar bilan o‘zgartirilishi mumkin ya'ni uning uchun soha chegarasiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib kelinadi va kursor orqali kerakli kattalik beriladi. Shakl tuzilmasidagi yuqoridagi garizontal chizg‘ichning chap uchida o‘rtasi qora kvadratchali marker-shakl markeri bo‘lib, uni deyarli uzluksiz ikki bora bosish bilan shakl tuzilmasiga oid xossalar jamlangan oynani ochgan bo‘lamiz. Xuddi shunday usulda shaklning har bir bo‘lagiga, ustyozuvlariga va maydonlariga tegishli xossalar bilan tanishamiz va ularni o‘zgartirishimiz mumkin.

    Download 12,23 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   166




    Download 12,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘rovlar asosidagi so‘rovlar

    Download 12,23 Mb.