|
Birlamchi (Yagonalik) modeli
|
bet | 38/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy to’zilishiga ko’ra fakat masofali o’qitishda va «masofali» talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O’qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo’lmaydi. Barcha o’qitish masog’adan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o’qitishda hududiy markazlar bo’lib, ularda talabalar o’qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtixon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda o’qituvchilarga ham talabalarga ham o’quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o’quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo’yilmaydi. Bunday tamoyilda o’qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o’qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o’qitish dasturlari, imtixonlari va baholash mezonlari bir xil bo’ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni masofali o’qiyotgan talabalar sonidan katta bo’lgan ana’naviy oliygohlardir. Shuning uchun bir universitetning o’zida ikki shaklning birgaligida ko’prok o’zlarida katta o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar yo’tadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o’qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg’u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovastiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o’qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University og’ New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Ushbu model universitet talabalarini masofali o’qitishning turli shakllarini, aniqrog’i shakllarning integrastiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o’qiyotgan talabalar masofali o’qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o’qituvchisi o’qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o’qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma’ruzalar ko’rinishidagi mashg’ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo’lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikastiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo’lsa, shunchalik o’qitish shakllari turli-tuman bo’ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorstium. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o’quv materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazig’alarni bo’lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o’qitish uchun o’quv materiallar ishlab chikaradi, boshqasi virtual o’quv guruhlarini o’qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o’qitish dasturlarini rasmiy akkreditastiyasini o’tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazlari, fakultetlari, hatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo’lishlari mumkin. Konsorstiumlar fakat qat’iy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xo’quklarini rioya etish shartlaridagina samarali bo’ladi. Kanadadagi Ochiq o’quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorstiumga misol bo’lishi mumkin.
|
| |