|
Kompyuter grafikasibilan ishlovchi dastur sinflari
|
bet | 92/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Kompyuter grafikasibilan ishlovchi dastur sinflari.
Hozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animastiyasi vositalari kirib bormagan sohani topish qiyin.
Kompyuter grafikasi va animastiyasi vositalarini qo’llanish sohasiga ko’raquyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
takdimot ishlari uchun mo’ljallangan dasturlar;
ikkio’lchamlianimastiyadasturlari;
ucho’lchamlianimastiyadasturlari;
ikkio’lchamlianimastiyadasturlari;
ikki o’lchamli va uch o’lchamli animastiya dasturlari;
videotasvirlarniqaytaishlovchikomplekslar;
ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Kompyuter grafikasi va animastiyasi dasturlari rassom va dizaynerlar, poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter o’yinlari va ukitish dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya ishlari va rasm chizish uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari matnni turli ko’rinishdagi illyustrastiyalar bilan to’ldirish, sahifalar dizaynini yaratish, hamda yuqori sifatli poligrafiya maxsulotlarini chop ettirish imkoniga egadirlar. Bunday dasturlarga misol qilib, tasvirlarni qayta ishlash imkonini beruvchi AdobePhotoshop rastrli paketini keltirish mumkin. Bu va shunga o’xshash paketlar rastrli tasvirlarni tahrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini korrekstiyalash, fotosuratlarni «tekislash», maxsus effektlar va maskalardan foydalanish imkonini beradi. Paketning sunggi versiyalari tasvirlarning ko’pqatlamli tuzilmasini qo’llash bilan birga vektorli konturlarni yaratish va tahrirlash imkoniyatlariga ham ega. Paket tarkibiga turli maskalar, ko’p sonli filtrlardan tashkari rang bilan ishlash va maxsus effektlarni yaratishga mo’ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
Rastrli paketlardan tashkari poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan vektorli kompyuter grafikasi dasturlari ham mavjud. Bo’lardan Windows tizimi uchun mo’ljallanganAdobeIllustrator va CorelDraw dasturlari xakida aytib utish mumkin. AdobeIllustrator illyustrastiyalar yaratish, sahifalarning umumiy dizaynini ishlab chiqish, hamda tayer tasvirni yuqori sifatda chop etishga mo’ljallangan. Paket ixtiyoriy shakldagi simvollar va figuralarni yaratib, sung ularni masshtablash, aylantirish(o’z uki atrofida) va deformastiyalash imkoniyatlaridan tashkari matn va ko’p varakli hujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
CorelDraw vektorli paketi rasm chizishdan tashkari turli grafiklarni tayyorlash va rastrli tasvirlarni taxrirlash ishlarini bajara oladi. Bu dastur fayllarni boshqarish, kompyuter displeyida slayd-filmlar namoyish etish, «qulda» chizish va tasvir qatlamlari bilan ishlash, uch o’lchamli maxsus effektlarni qo’llash, matnni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. Bo’lardan tashkari Windows muxitida ishlovchi AdobePhotoStyler, SGI va Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallanganBarcoCreator, LivePicture, ScitexBlaze, LinotypeDaVinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. BarcoCreator dasturi o’zining ishlash tezligi, hamda keng funkstional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
|
| |