|
Html sahifa shabloni
|
bet | 88/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlar muhofaza qilinishini ta'minlashi kerak.
13-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro'yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo'ladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog'oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo'lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili bo'lsa, shu yuridik shaxsning nomi;
uning tartib raqami va amal qilish muddati;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo'lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi;
mazkur sertifikatni bergan ro'yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili;
elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reestrining elektron manzili.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin.
14-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro'yxatga olish markazi tomonidan beriladi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u ro'yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qog'oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi ro'yxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro'yxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa ro'yxatga olish markazida saqlanadi.
Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko'chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro'yxatga olish markazi tomonidan bepul ko'rsatiladi.
15-modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko'rsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko'p bo'lmagan muddatga ro'yxatga olish markazi tomonidan to'xtatib turilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi arizasi tushganda ro'yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o'zida bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to'xtatib turilgan muddat ichida ro'yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin.
|
| |