|
-modda. Maxsus vakolatli organ elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi
|
bet | 85/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)5-modda. Maxsus vakolatli organ elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro'yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro'yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro'yxatidan o'tkazadi;
ro'yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta'minlaydi;
ro'yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro'yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6-modda. Ro'yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro'yxatidan o'tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir. Ro'yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta'minlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o'z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta'minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog'oz hujjatlar shaklida beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to'xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko'chirma nusxalari berilishini, shuningdek elektron raqamli imzolar kalitlarining to'xtatib turilgan va bekor qilingan sertifikatlari to'g'risidagi ma'lumotlardan erkin foydalanilishini ta'minlaydi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Maxsus vakolatli organ elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi
|