• Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi: elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni taminlashi;
  • Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim




    Download 12,23 Mb.
    bet87/166
    Sana14.05.2024
    Hajmi12,23 Mb.
    #232404
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166
    Bog'liq
    152371477 (3)

    Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
    9-modda. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlarini va ochiq kalitlarini yaratish
    Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlari va ochiq kalitlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoki ularning murojaatiga binoan ro'yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo vositalari yordamida yaratilishi mumkin.
    10-modda. Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo'ygan) va ro'yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo'ladi.
    Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi:
    elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni ta'minlashi;
    elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro'yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi to'g'risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to'xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
    o'zi vakil bo'lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to'g'risida ro'yxatga olish markaziga xabar qilishi shart.
    11-modda. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli etkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo'ladi.
    12-modda. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo'lishi mumkin.
    Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro'yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga haqli.

    Download 12,23 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   166




    Download 12,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron raqamli imzo vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim

    Download 12,23 Mb.