• 3-modda. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi
  • 4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
  • WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki hizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir




    Download 12,23 Mb.
    bet84/166
    Sana14.05.2024
    Hajmi12,23 Mb.
    #232404
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166
    Bog'liq
    152371477 (3)

    WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki hizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir. 
    (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 12-modda)
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Elektron raqamli imzo to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
    3-modda. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
    elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
    elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo'yuvchi shaxsning o'ziga ma'lum bo'lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi;
    elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo'ljallangan belgilar ketma-ketligi;
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash — elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
    elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan axborot.
    4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.

    Download 12,23 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   166




    Download 12,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    WEBSUM – bu Internet tarmog’i orqali bir zumda tovar yoki hizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to’lov tizimidir

    Download 12,23 Mb.