|
Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratish
|
bet | 10/19 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263916 |
Bog'liq KG VA WD dan gost Javoblar 11. 16. 21. Flash dasturida interfaol animasiyalar yaratish
Adobe Flash dasturi ikki o‘lchovli animatsiya yaratishga imkon beradigan
vektorli grafika muharriri. Animatsiya- grafik tasvirlarni “jonlantirish”, dinamik
holatga keltirishdan iborat. Animatsiyani biror “tuynuk” (masalan, kinokamera obyektivi) orqali tomosha qilish effektini hosil qilish uchun niqob-qatlamdan (maxsus qatlam) foydalaniladi. Bitta faylda bir nechta niqob qatlam bo`lishi mumkin. Ularning har biri bir
nechta qatlamni niqoblashi mumkin. Agar qatlam sichqoncha yordamida sudralib
niqob qatlamdan pastga tushirilsa, bu qatlam niqoblangan qatlam bo`ladi. Animatsiya tovush qo`shish uni yanada qiziqarli bo`lishini ta’minlaydi. Flashda tovush hosil qilish imkoniyati kozda tutilmagan. Biroq, turli formatdagi tovushli fayllarni import qilish va o`zgartirish imkoniyati mavjud. Ko`pincha WAV, AIFF, MP3 formatlari qo`llaniladi. Tovush ham rastrli tasvirlar qatori kutubxonada saqlanadi.
Filmga tovush qo`shish uchun quyidagi qadamlar bajariladi:
• Filmga bir yoki bir nechta tovushli fayl import qilinadi.
• Vaqt shkalasiga yangi qatlam (lar) qo`shiladi.
• yangi tovush qatlamida kalit kadr tanlanadi.
• tovushli fayl kutubxonadan montaj stoliga sichqoncha yordamida sudraladi. Yoki
xususiyatlar panelining "Звук" ro`yxatidan talab qilinadigan tovush fayli nomi
tanlanadi.
Filmni Windows Projector (exe) formatida chop etish orqali o`zi bajariladigan
.exe kengaytmali fayl hosil bo`ladi va o`z ichiga SWF-fayl hamda Flash-pleyerni
oladi. Bu faylni istalgan joyda va istalgan vaqtda ishga tushirish mumkin bo`ladi.
12. Dinamik saytlar hosil qilish.
H TML da yozilgan sayt statik holda bo‘lsa, zamonaviy saytlar dinamik
ko‘rinishga ega. Oddiy sayt qanday prinsip asosida ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Foydalanuvchi biror-bir, masalan, page.html sahifasiga murojaat qildi deylik. Veb server o‘zidagi veb-sahifalar katalogini ko‘rib chiqadi va agar page.html bo‘lsa,
foydalanuvchiga uni ko‘rsatadi, aks holda esa – 404-chi xabarni (“Fayl topilmadi”)
yetkazadi. Dinamik sayt esa biroz boshqacha ishlaydi. Foydalanuvchi biror
sahifaga murojaat qiladi, biroq bu murojaat diskdagi aniq bir faylga emas, balki
sayt dvijokiga (agar dvijok PHP tilida yozilgan bo‘lsa, odatda bu fayl index.php
bo‘ladi) qaratilgan bo‘ladi. Dvijok foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni biror
manbadan (masalan, ma’lumotlar bazasi yoki diskdagi fayldan) oladi, uni HTMLsahifaga aylantiradi va veb-serverga uzatadi, u esa o‘z navbatida, foydalanuvchi
brauzeriga jo‘natadi
CMS tizimi sahifalarni dinamik ko‘rinishga keltiradi: ular foydalanuvchi
sahifani ko‘rmoqchi bo‘lgandagina amalda yaratiladi. CMS qo‘llanilishi bilan ko‘pgina qiyinchiliklar bartaraf etilishi mumkin. Endi, CMS ga o‘tishga halaqit beruvchi faqatgina bitta to‘siq qoladi – texnikholat. Deyarli barcha zamonaviy CMS ishlashi uchun xostingda PHP interpretatori va MySQL ma’lumotlar bazasi serveri bo‘lishi kerak. Besh-olti-yil avval shu kabi
funksiyalarni taqdim etuvchi xosting-provayderlar kam edi. Hozirga kelib, vaziyat yaxshi tarafga o‘zgardi va PHP hamda MySQL ni qollaydigan xostingni O‘zbekistonning o‘zida topish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hozirgi davrga kelib, CMS asosiga qurilgan bir qancha tizimlar yaratilgan. Ularga misol qilib, Drupal, PHP-Nuke, WebDirector, Joomla!, NetCat, Slaed,
Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabilarni keltirish mumkin.
CMS sizga tayyor holdagi saytni taqdim etmaydi. Buning uchun sizdan
harakat va mehnat talab etiladi. Yaratayotgan saytingiz boshqalarnikiga
o‘xshamasligi, dizayn jihatdan takrorlanmas va original bo‘lishi uchun esa shaxsiy
fantaziyangiz va qobiliyatingizni ishga solishingiz kerak.
|
| |