|
WEB serverlar. Ma’lumotlar bazasi
|
bet | 11/19 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263916 |
Bog'liq KG VA WD dan gost Javoblar 13. 14. 18. 23. WEB serverlar. Ma’lumotlar bazasi
Web-server - mijozlardan (Web-brauzer) HTTP-so‘rovlarni qabul qilib,
HTML sahifa bilan birgalikda rasm, fayl, media oqim va boshqa ma’lumotlarni
HTTP-javob sifatida qaytaruvchi serverdir. Web-server Jahon o‘rgimchak to‘rining
(WWW) asosi hisoblanadi. Web-server funktsiyasini bajaruvchi dasturiy
ta’minotni ham, bu dasturiy ta’minot ishlayotgan kompyuterni ham Web-server
deb ataladi.
Web-server — Internet yoki Intranetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot sen'eri. Unda hujjatlar va fayllar - audio , video, grafik va matn fayllari- saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalari orqali taqdim etiladi. Web-server nomi u umum jahon tarmog'ining qismi bo'lgani uchun kelib chiqqan. Maxsus dasturiy taminotga ega bo'lg an bir yoki bir necha web-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berishi mumkin. Bir necha web-sayt bitta kompyuterda
ishlasa, web— server deganda web-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy taminot va kompyuterdagi jo y ) tushuniladi.
Web-serverlar yana qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi:
• Web-sahifalarni avtomatlashtirish;
• Resurslarga murojaatlar qaydnomasini yuritish;
• Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish (autenfikatsiya va
avtorizatsiya);
• Dinamik hosil qilinuvchi sahifalarni quvvatlash;
• Mijozlar bilan himoyalangan ulanishlar uchun HTTPSni (Hypertext
Transfer Protocol Secure — shifrlangan HTTP) quvvatlash.
Ko‘pincha kompyuterlarga Web-server bilan birgalikda pochta serveri (Mail
server) ham o‘rnatiladi. Shaxsiy kompyuterni Web-serverga aylantirish uchun unga
zarur dasturiy ta’minot o‘rnatiladi. Buning uchun IIS (Internet Information Server),
nginx, lighttpd, Google Web Server, Resin, Cherokee,
Rootage, THTTPD, PWS (Personal Web Server), Apache HTTP Server,
Ascet HTTPd, CERN httpd, HTTP File Server, XSP, Jetty, Apache Tomcat,
TinyWeb, Tornado, Inproc WebServer, Small HTTP Server, Samba Server kabi
dasturlardan biri o‘rnatiladi. Apache HTTP Server Web-serveri eng keng tarqalgan
Web-server hisoblanadi. Biroq bu Web-serverda administrator paneli qulay
standart interfeysga ega emas.
|
| |