Toshkent iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi




Download 170,12 Kb.
bet24/39
Sana14.01.2024
Hajmi170,12 Kb.
#137107
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari

Toshkent iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Toshkent iqtisodiy rayoni tashkil etilishida uning sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiy rayon respublikada sanoat tarmoqlari tarkibining xilma-xilligi va uning taraqqiy etganligi hamda yirik xom-ashyo bazasiga ega ekanligi bilan ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Toshkent iqtisodiy rayonida mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, ximiya, yoqilg‘i energetika, qurilish, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari rivojlangan bo‘lib, mintaqaga respublika sanoat mahsuloti hajmining 27,6 foizi, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining 13,1 foizi, asosiy qurilish ishlarining 27,8 foizi to‘g‘ri keladi.


Iqtisodiy rayonda O‘zbekistoning yirik sanoat korxonalari, joylashgan bo‘lib, bulardan “BEKTEMIR SPIRT EKSPERIMENTAL ZAVODI XJ” etil spirti, oziq-ovqat spirti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa, “COCA-COLA ISHIMLIGI UZBEKISTON, LTD QK” alkogolsiz ichimliklar, “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI SHK” temir yo‘l vagonlariga ehtiyot qismlar, temir yo‘l yuk vagonlarini ta’mirlash, “DOYCHE KABEL AG TASHKEHT QK” elektr asboblariga komplekt uchun provod va shnurlar, shahar telefon aloqa kabeli, ulangan izoliyasiyasiz o‘tkazgichlar, “TTZ-Metall QK” traktorlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, traktor pritseplari, traktor pritseplari uchun detallar, “UZ CLAAS AGRO XK” traktorlar, don yig‘adigan mashinalar, yig‘ib presslagich, “TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI XJ” avtomobil tashish uchun yarim pritseplar, traktorlarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, traktorlar konteynerlar tashish uchun yarim pritseplar, ekskavatorlar, traktor pritseplari, “UZKABEL QK” lak-bo‘yoq mahsulotlari, o‘rama provodlar va emalprovodlar, mebel, karton qutilar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, "Olmaliq TMK" OAJ (mis maxsuloti sink maxsuloti), “Transformator", “CHirchiqqishmash", "Ohangaronsement", "Bekobodsement" , “Angren ko‘mir koni" va "O‘zmetkombinat" birlashmalari iqtisodiy rayon sanoati rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishmoqda.
Iqtisodiy rayon mashinasozligida qishloq xo‘jaligi mashinalari, xususan, paxtachilik majmui bilan bog‘liq traktorlar va uning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish muhim o‘rin tutadi. SHuningdek, ko‘plab elektrotexnika, kimyo mahsulotlari tayyorlanishida yuqorida nomlari keltirilgan korxonalarning munosib hissasi bor. Iqtisodiy rayon xo‘jaligida sanoat bilan birga qishloq xo‘jaligi ham alohida ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotiga ko‘ra iqtisodiy rayon respublikada etakchi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida donli ekinlar, paxta, kartoshka, meva, sabzavot va poliz ekinlarining ko‘plab ekilishi bois ham hudud yalpi mahsulotida qishloq xo‘jaligining ulushi 25 foizni tashkil etadi. Iqtisodiy rayonning shimoliy-sharqiy qismlari chorvachilik uchun qulay bo‘lsa, tog‘ oldi erlari lalmikor dehqonchilik qilish uchun Ohangaron va CHirchiq daryolarining vodiylari sug‘orma dehqonchilik uchun etarli shart-sharoitga ega.
Transport tarmoqlarining barcha turi yaxshi rivojlangan, mintaqa respublikada muhim transport tuguni vazifasini ham o‘taydi. CHunki, u yaqin va uzoq xorij mamlakatlarini o‘zaro bog‘lovchi temir va avtomobil yo‘llari markazida joylashgan. Iqtisodiy rayon taraqqiyotida respublika poytaxti Toshkent shahrining alohida o‘rni bor.
Toshkent shahri iqtisodiy rayonning shimoli-sharqiy qismida, CHirchiq daryosi vodiysida, dengiz sathidan 440-480 metr balanlikda joylashgan bo‘lib, aholisi 2012 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko‘ra, 2 310,4 ming kishiga etdi. Toshkent shahrida iqtisodiy rayon aholisining 46,4 foizi, respublika aholisining 7,8 foizi istiqomat qiladi. Ma’muriy-hududiy jihatdan 11 ta tumanga bo‘linadi. SHahar iqtisodiy rayonda sanoat, fan va madaniyat markazi, yirik qurilish bazasi, zich transport tuguni va tarmog‘i
shakllangan hamda taraqqiy etganligi bilan munosib o‘rin egallab kelmoqda.

Download 170,12 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Download 170,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Download 170,12 Kb.