|
O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rayonlashtirish
|
bet | 20/39 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 170,12 Kb. | | #137107 |
Bog'liq Hududlarni rivojlantirish nazariyalari2. O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy rayonlashtirish
O‘zbekistonni rayonlashtirish tarixi 1926 yilga borib taqaladi. O‘sha vaqtda respublika ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirilib 10 ta okruglarga ajratilgan. Keyinchalik, ushbu ma’muriy-hududiy bo‘linishda yana o‘zgarishlar ro‘y bergan. “1930 yilda O‘zbekiston poytaxti Samarqand shahridan Toshkentga ko‘chirilgan, 1936 yilda Qoraqalpog‘iston MSSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilgan, 1938 yilda respublika tarkibida 5 ta viloyat - Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari tashkil etilgan; 1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yilda Qashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va 1982 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi”(Asanov G va boshqalar., 1994).
O‘zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalari bilan ko‘p yillarda Z.A.Akramov, K.N.Bedrinsev, V.M.CHetirkin, N.G.Sapenko, A.S.Soliev, N.To‘xliev kabi qator geograf, iqtisodchi olimlar shug‘ullanishgan. Jumladan, respublika dastavval 5 ta iqtisodiy rayonga bo‘lingan: Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon, Quyi Amudaryo va Janubiy. Keyinchalik, Z.A. Akramov mamlakatni 8 ta iqtisodiy rayonga ajratishni taklif etganlar, unda Toshkent iqtisodiy rayoni (Toshkent viloyati), Mirzacho‘l rayoni (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Farg‘ona rayoni 189
(Andijon, Namangan, Farg‘ona), Samarqand (Samarqand viloyati), Buxoro-Qizilqum rayoni (Buxoro va Navoiy viloyatlari), Qashqadaryo rayoni (Qashqadaryo viloyati), Surxondaryo rayoni (Surxondaryo viloyati) hamda Quyi Amudaryo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati) rayonidan iborat bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy –hududiy bo‘linishi
5.1-jadval
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
Bundan farqli ravishda, A.S.Soliev “mamlakatni 6 ta iqtisodiy rayonlarga ajratishni taklif qilgan (Soliev A.S., 1998). Unda keltirishicha, iqtisodiy rayonlarning bunday to‘ri va tarkibi, ularning haqiqiy shakllanganlik darajasi, huquqiy maqomi haqida bahs va munozaralar, e’tirozlar bo‘lishi mumkin. Masalan, belgilangan rayonlar davlatning tegishli vazirliklari (Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi) tomonidan rasmiy ravishda tan olinmagan. Boz ustiga, bu rayonlar hozircha yaxlit va mukammal bozor muhiti, iqtisodiyot makon xususiyatga ega emas. Ularda ichki iqtisodiy aloqalar, integratsion jarayonlar rivojlanmagan, har bir viloyat (ma’muriy iqtisodiy rayon), ularga berilgan keng imtiyoz va huquqlardan foydalangan holda, o‘zlarining ma’lum darajada «mustaqil» iqtisodiy salohiyatini vujudga keltirmoqda” (Soliev A.S., 2007).
N.To‘xliev iqtisodchi olimlarning fikrlarining umumlashtirgan holda respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga bo‘lishni taklif etadi (To‘xliev N., 2006). Hozirgacha ham, respublikani iqtisodiy rayonlarga ajratish bo‘yicha olimlar o‘rtasida yagona yondoshuv mavjud emas. CHunki, iqtisodchi olimlar O‘zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirishda yuqoridagi 6 ta rayonlashtirish tizimidan tashqari, yana quyidagi tasnifni ma’qul, deb hisoblashmoqda. Bunga ko‘ra, respublika 7 ta iqtisodiy rayonga bo‘lib o‘rganiladi, ya’ni:
1. Toshkent iqtisodiy rayoni;
2. Jizzax-Sirdaryo iqtisodiy rayoni;
3. Farg‘ona iqtisodiy rayoni;
4. Samarqand-Qashqadaryo iqtisodiy rayoni;
5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni;
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni;
7.Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
Ushbu rayonlashtirishdan farqli ravishda, geograf olim A.S.Soliev O‘zbekistonni quyidagicha 6 ta iqtisodiy rayonga ajratadi. Ular quyidagicha:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
2. Farg‘ona (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari);
3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);
4. Mirzacho‘l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);
5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Biz respublikani iqtisodiy rayonlashtirishni aynan shu taxlitda berishni lozim ko‘rdik.
|
| |