|
Hujjat sarlavhasi
|
bet | 37/57 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 18,59 Mb. | | #131531 |
Bog'liq Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)Nazariy ma’lumotlar:
Adobe Photoshop dasturining ish qurollari
Dasturda ishlash uchun yordamchi ish qurollar sohasidagi tugmalar bilan tanishaylik:
To‘rtburchak soha tanlash - Rectangular marquee (pryamougolnaya oblast) - [M] - ish sohasidagi aktiv qatlamda to‘rtburchak sohani tanlash.
Aylana soha tanlash - Elliptical marquee (ellipticheskaya oblast) - [M] - ish sohasidagi aktiv qatlamda ellips sohani tanlash.
4- rasm.
Alohida satr soha tanlash - Single row marquee (stroka pikseley) - [M] - ish sohasidagi aktiv qatlamda bitta satrga teng sohani tanlash.
Alohida ustun soha tanlash - Single column marquee (stolbes pikseley) - [M] - ish sohasidagi aktiv qatlamda bitta ustunga teng sohani tanlash.
Lasso - Lasso (Lasso) - [L] - ixtiyoriy sohani tanlash. Agar tanlaganimizda ALT tugmasini bosib tursak, u holda bizning lasso ko‘pburchak lassoga o’hshab soha tanlaydi va ALT tumasini bosganimizda tanlangan soha berkiladi.
Ko‘pburchak lasso - Polygonal lasso (Mnogougolnoe lasso) - [L] - ko‘pburchak sohani tanlash. Tanlangan sohani berkitish uchun yoki sichqoncha bilan ikkitali bosish kerak, yoki CTRL tugmasini bosi qo‘yvorishimiz kerak bo‘ladi.
Magnit lasso - Magnetic lasso (Magnitnoe lasso) - [L] – o’hshash ranglar bo‘yicha soha tanlash. Kompyuter tanlagan nuqtani bekor qilish uchun Backspace tugmasini bosish kerak.
Sehrli tayokcha - Magic wand (Volshebnaya palochka) - [W] - bir hil rangli sohani tanlash.
Harakatlanuvchi - Move (peremeщenie) - [V] - tanlangan sohani ish soha bo’ylab harakatlantirish.
Kadrlovchi - Crop (Kadrirovanie) - [C] - faylning kerak emas qismlarni qirqib olib rasmni kichiklashtirish. Buning uchun kerakli sohani tanlab ENTER tugmasini bosamiz, agar tanlanishni bekor qilmoqchi bo‘lsak ESC tugmasini bosishimiz kerak.
Bo’lish pichokchasi - Slice (Narezka) - [K] - tasvirni bir nechta qismga bo’lib chiqib uni Internetda qismlarga bo’lingan holatda chiqarish uchun tayyorlab qo’yadi.
Bo’linishlarni sozlash - Slice select (Vыbor moduley) - [K] - bir nechta qismga bo’lingan tasvirni sozlash (bo’laklarni chuzish).
Qalam - Pensil (karandash) - [B] - qalam yordamida chizish.
Mo‘yqalam - Paintbrush (kist) - [B] - chizish asosiy ish quroli. Agar mo‘yqalamdan foydalangan vaqtda Shift tugmasini bosib sichqoncha bilan chizsak, u holda to’gri chiziqlar chiziladi.
Nusxa oluvchi Shtamp - Clone Stamp (kopiruyuщiy shtamp) - [S] - rasmning boshqa qismiga o’xshash sohalar yaratish. Nusxa oluvchi sohani tanlashda Alt tugmadan foydalanamiz.
Naqshli Shtamp - Pattern Stamp (shtamp uzora) - [S] - siz Patterns sohasida tanlangan naqsh bilan ko‘rsatgan sohani to’ldirish.
Oldingi holatga qaytish - History Brush (kist predыstorii) - [Y] - bu ish qurolni tanlashdan oldin siz qaytish kerak bo‘lgan holatni Predыstoriya (History) yordamchi sohada tanlab belgilab qo’yishingiz kerak. Keyin esa ushbu ish qurol bilan hamma shu holatdan keyin harakatlarni ko‘rsatilgan sohada o’chirishingiz mumkin bo‘ladi.
Effektli oldingi holatga qaytish - Art History Brush (kist predыstorii so speseffektami) - [Y] - oldingi holatga qaytish ish quroliga o’hshash bo’lib, farqi faqat oldingi holatga qaytishda har xil speseffektlardan foydalaniladi.
Aerograf - Airbrush (aerograf) - [J] - puliverizator holatiga o’hshash chizish ish quroli. Agar aerografdan foydalanish vaqtda Shift tugmasini bosib sichqoncha bilan chizsak, u holda tugri chiziqlar chiziladi. Shift tugma yordamida sichqoncha bosib nuxtalarni bir biri bilan boglash ham mumkin.
Uchirgich - Eraser (lastik) - [E] - asosiy qatlamda rasm uchirish. Shift tugma yordamida sichqoncha bosib nuxtalarni bir biri bilan boglash xam mumkin.
Orqa rangni o’chirgichi-Background Eraser(lastik fona)-[E] - faqat orka rangni uchirish.
Sehrli o’chirgich-Magic Eraser (volshebnыy lastik)-[E]-uxshash rangli sohalani uchirish
Matn - Type (tekst) - [T] - tasvirga matn qo‘shish. Ushbu ish qurol ishlatilgandan keyin yangi qatlam paydo bo‘ladi (Text Laer).
To‘rtburchak - Rectangle (pryamougolnik) - [U] - to‘rtburchak chizish.
Aylanasimon to‘rtburchak - Rounded Rectangle (skruglyonnыy pryamougolnik) - [U] - aylanasimon to‘rtburchak chizish. Xususiyatlar satrida burchaklar radiusini o‘zgartirish sohasi - Radius paydo bo‘ladi.
Aylana - Ellipse (ellips) - [U] - aylana chizish.
Ko‘pburchak - Polygon (mnogougolnik) - [U] - ko‘pburchak chizish. Ko‘pburchak tomonlarning sonini Sides soha yordamida ko‘rsatish mumkin.
Chiziq - Line (liniya) - [U] – tug’ri chiziq chizish. Chiziq qalinligini Weight soha yordamida o‘zgartirish mumkin.
Maxsus shakllar - Custom Shape (proizvolnaya figura) - [U] - har xil tayyor shakllar chizish. Xususiyatlar satridagi Shape sohasi yordamida kerakli shaklni tanlashimiz mumkin.
Qo’l - Hand (ruka) - [H] - agar rasm ekranga to’liq sigmasa u holda bu ish qurolni tanlab sichqoncha yordamida rasmni siljitish mumkin.
Lupa - Zoom (lupa) - [Z] - ekrandagi rasmni kurish masshtab foizini o‘zgartirish mumkin.
Pero - Pen (pero) - [P] - sichqoncha yordamida nuqtalar orqali shaklni yaratish.
Ixtiyoriy pero - Freeform Pen (proizvolnoe pero) - [P] - sichqoncha yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
Yangi nuqta qo‘shish - Add Anchor Point (dobavit tochku) - [net] - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nuqta qo‘shish.
Nuqta uchirish - Delete Anchor Point (udalit tochku) - [net] - sichqoncha yordamida shakldan burilish nuqtasini o’chirish.
Nuqta o‘zgartirish - Convert Point (preobrazovat tochku) - [net] - shakl nuqtalarining joylanishini o‘zgartirish (chuzish).
Izoxlar - Notes (zametki) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga matnli izox qo‘shish.
Tovush izoxlar - Audio Annotation (zvukovoe opisanie) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga tovush izoxni mikrafon orqali qo‘shish. Paydo bo‘lgan oynada Start tugmasini bosib yozishni boshlaymiz, tuxtatish uchun Stop tugmasini bosamiz, yozish oynasidan chiqib ketish uchun Cancel tugmasini bosamiz.
Tomizgich (pipetka) - Eedropper (pipetka) - [I] - ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash imkoniyatini yaratadi. Agar sizga orqa rang qilib tanlash kerak bo‘lsa u holda Alt tugmasini bosib turishingiz shart bo‘ladi.
Ranglarni solishtirish - Color Sampler (sravnenie svetov) - [I] - Info yordamchi sohada 4 nuqtalar ranglari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Nuqtani sichqoncha yordamida qo’yamiz, uchirish uchun esa Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bin nuqtaga bosish kerak.
Chizgich- Measure (izmeritel) - [I] - rasmdagi masofani aniqlash uchun qo’llaniladi.
Ushbu tugma bir nechta amalni bajaradi:
Asosiy rangni tanlash - 2) Orqa yoki ichki rang tanlash 3) Asosiy va orqa ranglarni o‘zgartirish - 4) Avtomatik asosiy va orqa ranglarni qora va oqga o‘tkazish
Ekran holati - Screen Mode (rejim ekrana) - [F] - ekran holatini o‘zgartirish tugmasi.
ImageReady dasturga o’tish - Jump to ImageReady (pereklyuchitsya v ImageReady) - [Ctrl+Shift+M] - ochiq rasmni ImageReady dasturga o‘tkazadi va unda tahrirlashni davom etishga imkoniyat yaratadi.
|
| |