|
Hujjat sarlavhasi
|
bet | 40/57 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 18,59 Mb. | | #131531 |
Bog'liq Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)2-Topshiriqlar:
1."Paint" yoki Adobe Photoshop dasturini ishga tushiring.
2. Biror bir figurani yoki rasmni chizish uchun belgining qora rangini, fonning esa oq rangini va chiziqni chizish uchun 2 nuqta qalinlikdagi chiziq ko’rinishini tanlab oling.(uskunalar panelining pastki tomonidan chiziq kengligi tanlanadi)
3. Ishchi maydon markazidan boshlab, uy karkasini chizing. Eng soddasi - oldingi devor: bu oddiy to’rtburchak shaklidagi figuradir. So’ng "Shift" tugmasidan foydalanib, to’rtburchakning tepa burchaklaridan ikkita diogonal chiziqlar o’tkazing, ular bir-biri bilan kesishganda, tomning uchburchagи hosil bo’lsin. Keyin chizik uskunasi yordamida tom va yon devorlarini chizing - bunda erkin qiyalik bilan uch chiziqli shakldagi chiziqdan foydalanib vertikal va dioganal chiziqlarni chizing.
4. Chiziqlar bilan ishlash jarayonida, ularni bir-biri bilan kesishtirganda ortiqcha chiziqlar hosil b?ldi. SHuning uchun bu shakldagi burchaklarda xunuk chiqib turgan chiziqlar hosil bo’lib qoldi. Bu joylardagi chiziqlarni uskunalar panelidagi "o’chirg’ich"(lastik) yordamida tozalang. Ko’rinib turadiki, bu uskuna yordamida tozalangan joylar chala tozalanadi. Lekin keyingi darslarda yaxshi tozalashni ko’rib o’tamiz.
5. Эndi "Mo’yqalam"(Kist') yordamida chizgan shaklning chap quyi burchagidan sal pastda yopiq soha shaklini chizing. Bu chizilgan soha ko’lni bildirsin. SHuning uchun ko’lda suv hosil qiling. Buning uchun suv rangini ranglar jilosidan to’q ko’k rangni tanlab uskunalar panelidagi "Valik" asbobini faollashtirib, sichqoncha ko’rsatkichini chizgan soha ichiga olib kelib, chap tugmasini bosing. Demak, siz ko’ldagi suvni hosil qildingiz.
6. Uyga yo’l ko’rsatuvchi ko’rsatkich yarating. Buning uchun yozuv yoziladigan joyini "Oval" uskunasi yordamida, tirgaklarini "to’g’ri chiziq" asbobidan foydalanib va uy tomon ko’rsatkich chiziqini esa "chiziq" va "Mo’yqalam"(kist) yordamida chizib oling. Keyin esa u erga matn yozib qo’ying.
7. Qilingan ishlarni Uy.BMP fayli sifatida saqlab qo’ying. Fayl- Soxranit' kak buyruqi yordamida.
Tasvirning detallarni taxrirlash. Matnlar bilan ishlash.
Maqsad: Yaratilgan rasmlarni taxrir qilishni va unga qo’shimchalar kiritishni, matnlar bilan ishlash vа ularni taxrir qilishni o’rgatish
Topshiriqlar:
1. Paint dasturini ishga tushiring.
2. Unda oldindan yaratilgan Uy.BMP faylini yuklang.
3. Uyning burchaklaridagi va ko’rsatkich strelkasidagi ulanishlardan hosil bo’lgan xunuk chiziqlarni tog’rilab chiqing.Buning uchun (Viev - Zoom In) komandasini tanlang. Sichqoncha ko’rsatkichi ramka turini qabul qiladi. Ramkani ekranning kerakli joyiga o’rnatib va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Notekis joylarni to’girlang. Normal ko’rinish turini hosil qilish uchun Viev - Zoom In komandasini tanlang.
|
| |