• YIG‘ILISH KUN TARTIBI
  • Hurmatli aksiyadorlar!




    Download 13.49 Kb.
    Sana27.11.2020
    Hajmi13.49 Kb.
    #12796

    HURMATLI AKSIYADORLAR!
    “Dori -Darmon” AK Kuzatuv kengashi yig‘ilishining 2017 yil 25 apreldagi 17/3-sonli qaroriga asosan, “Dori -Darmon” AK aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2017 yil 19 may kuni, Toshkent shahri, Chorsu maydoni, 21 uy manzili bo‘yicha Kompaniyaning majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

    Umumiy yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 dan boshlanib, 10:50 da tugatiladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun kompaniya aksiyadorlari reyestri 


    2017 yil 15 may holatiga tuziladi.

    Ma’lumot uchun telefon: 254-96-00



    YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

    1. Sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
    2. Kuzatuv kengashining 2016 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tinglash.
    3. Kompaniya boshqaruvining 2016 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash. 
    4. Kompaniyaning 2016 yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash. 
    5.  Kompaniyaning 2016 yil yakunlari bo‘yicha moliya xo‘jalik faoliyati natijalarini tekshirish yuzasidan tashqi auditorlik tashkilotining xulosasi va auditning xalqaro standartlar bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
    6. Taftish komissiyasining 2016 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash. 
    7. 2016 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof foydasini taqsimlash va oddiy aksiyalariga yillik dividendlar to‘lash.
    8. Kompaniyaning 2016 yil yakunlari bo‘yicha Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil tashkilot xulosasini ma’qullash. 
    9.Kompaniya kuzatuv kengashi a’zolarini saylash. 
    10. Taftish komissiyasi a’zolarini saylash 
    11. Kompaniya boshqaruv raisini saylash (u bilan tuziladigan mexnat shartnomani bir yilga uzaytirish). 
    12. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
    13. Kompaniya Ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
    14. Kompaniyaning o‘z affillangan shaxslari bilan tuzgan bitimlarini ma’qullash.
    15. Kompaniya Boshqaruvi tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda ilovaga muvofiq, mustaqil ravishda affillangan shaxslar bilan bitimni (bitimlarni) tuzishni ma’qullash.

    Navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishda qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huuqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 67-moddasida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

    Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan “Dori -Darmon” Aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, T.Shevchenko ko‘chasi, 42A uy manzilida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishish mumkin. 


    Elektron manzil: office@doridarmon.uz.

    Kuzatuv kengashi

    Download 13.49 Kb.




    Download 13.49 Kb.