I bob brauzer xususiyatlari internet explorer. Internet Explorer brauzeri 7




Download 44.61 Kb.
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi44.61 Kb.
#40833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ASADBEK
Qo\'llanma (GEOMETRIYA)

Xulosa


Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo'q.
Barcha kerakli avtiviris va boshqa axborot xavfsizligini ta'minlovchi dasturlarga ega bo'lsangiz ham, sizning internetdagi faoliyatingiz hech qachon 100 foiz xavfsiz bo'lmaydi. Parolni kuchli tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik orqali sizga bo'ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam. Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi. Shuning uchun xulosa sifatida sizga internetdan xavfsiz foydalanish bo'yicha so'nggi tavsiyalarimizni taqdim etamiz.
Imkoni boricha shaxsiy ma'lumotlaringizni internet saytlariga va tarmoqlariga kamroq kiriting.
Notanish odamlar bilan muloqot qilmang va ulardan kelgan elektron pochta maktublaridagi sayt manzillarini va ilova qilingan fayllarni aslo ochmang. So'nggi paytlarda hatto o'zbek tilida ham spam va zararli emaillar kelmoqda.
Shaxsiy maktublaringiz va chatdagi muloqotlaringizni siz va siz aloqa qilayotgan odamdan boshqa hech kim bilmaydi, deb o'ylamang. Har bir yozgan gap-so'zingiz otilgan o'qdek qayergadir borib saqlanib qoladi yoki kimlardir zimdan kuzatayotgan bo'lishi mumkin.
Internetni mas'uliyat bilan ishlating. O'z so'zingizning ortida tura olmasangiz, ya'ni internetda yozgan so'zingiz yoki amalga oshirgan xatti-harakatingiz uchun omma oldida ham uyalmasdan, qo'rqmasdan javob bera olishga ko'zingiz yetsagina, internetda shunday faoliyat bilan mashg'ul bo'ling. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan bahslashganingizda, kimlarnidir yoki nimalarnidir tanqid qilganingizda, shunday holatlarga duch kelishingiz mumkin.
Internetda noqonuniy faoliyat turlari bilan shug'ullanmang. Nimalar noqonuniy faoliyat turiga kirishi mumkin? Masalan, pornografiya tomosha qilish, zo'ravonlikka, diniy ekstremizga targ'ib etuvchi materiallarni o'qish yoki tarqatish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi oqibatlarga olib borishi mumkin. Demak, internetda ham qonunga itoatkor fuqaro bo'ling.


Download 44.61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 44.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob brauzer xususiyatlari internet explorer. Internet Explorer brauzeri 7

Download 44.61 Kb.