• 4-rasm Windows sistema menyusi
  • Sichqonchaning o`ng tugmasini bosish yordamida menyuni chaqirish
  • I-bob. Corel draw dasturi haqida umumiy tushuncha 1 Corel draw grafik muharriridagi asosiy dasturlar




    Download 2,59 Mb.
    bet4/18
    Sana26.06.2024
    Hajmi2,59 Mb.
    #265862
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Corel Draw

    1.3 Asosiy menyu
    Asosiy menyu satri Corel DRAW ekranining yuqorigi qismida, satr boshi qatorining ostida joylashgan. Bu dasturdagi ekranning xohlagan joyiga qo`yish mumkin bolmagan, ma'lum joyga ega bo`lgan yagona element hisoblanadi. Asosiy menyu 11 punktdan iborat. Bu menyuga foydalanuvchi qo`shimcha maxsus komandalarni ham qo`shishi mumkin.
    Agar asosiy menyuning hohlagan bir punktini bossak, undan komandalar ro`yxati ochiladi. Menyudagi komandani tanlash uchun "sichqoncha"dan yoki shu komandaga mos keluvchi klavishni bosish mumkin. Masalan, Color Management (ranglarni boshqarish) dialog oynasini ochish zarur bo`lsa, Tools (servis) menyusini "sichqoncha" bilan bosib keyin "S" klavishini bosish mumkin. "Sichqoncha"dan tashqari klavishlardan ham foydalanish ishni tezlashtirishga yordam beradi.



    4-rasm


    Windows sistema menyusi
    Hujjat oynasidagi sistema menyusi belgisi menyu satrining chap burchagida, File (Fayl) komandasidan chaproqda joylashgan. O` hujjat varag`i fonida Corel DRAW (havo shari) emblemasi ko`rinishida turadi.
    Sistema menyusi Windows sistemasi oynasini boshqaruvchi standart komandalardan iborat, unda Restore (tiklash), Move (qayta joylashtirish), Size (o`lcham ), Minimize (yopib qo`yish), Maxsimize (ochish), Close (yopish), Next (keyingi) kabi komandalar mavjud.
    Corel DRAW asosiy oynasining sistema menyusi Corel DRAW so`zining chap tomondagi havo shari belgisini bosish orqali yoki ALT - PROBEL klavishlarini birgalikda bosish orqali chaqiriladi.


    Sichqonchaning o`ng tugmasini bosish yordamida
    menyuni chaqirish

    Windows operatsion sistemasida ekranning hohlagan nuqtasida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali ba'zi bir harakatlar qilishadi. Bu imkoniyatdan ham Corel DRAW grafik muharririda keng foydalaniladi. O`ng tomondagi tugmani bosish orqali kontekst menyu chaqiriladi.



    5-rasm


    Bu rasmda Document (hujjat) kontekst menyusi ko`rsatilgan. Biz undagi Create Object (ob'ekt yaratish) komandasini bosish orq`ali grafika panelidagi instrumentlarni tanlash uchun zarur komandalar menyusini ochamiz.


    K
    eyingi rasmda Object (ob'ekt) menyusi tasvirlangan. Bu menyuni ajratilgan ob'ektlar guruhini ustiga borib o`ng tomondagi tugmani bosish orqali chaqiramiz. Bunday menyulardagi komandalar chaqirilayotgan daqiqalardagi holatga bog`liq bo`lganligi uchun kontekst menyusi deb yuritiladi.

    Download 2,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Corel draw dasturi haqida umumiy tushuncha 1 Corel draw grafik muharriridagi asosiy dasturlar

    Download 2,59 Mb.