|
-rasm
Toolbar (Instrumentlar paneli) kontekst menyusi
|
bet | 5/18 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 2,59 Mb. | | #265862 |
Bog'liq Corel Draw6-rasm
Toolbar (Instrumentlar paneli) kontekst menyusi
7-rasmda ko`rsatilgan Toolbar (instrumentlar paneli) kontekst menyusi eng qiziqarli va kerakli menyulardan hisoblanadi. Bu menyu sichqonchaning o`ng tugmasini standart instrumentlar panelida, atributlar panelida yoki grafika panelida bosish orqali chaqiriladi. Bu menyu orqali instrumentlar panelini tanlash mumkin.
7-rasm
Standart instrumentlar paneli
Standart instrumentlar paneli asosiy menyu satrining ostida joylashgan. Bu panelda Corel DRAWning turli funktsiyalarini tez va qulay topib berishni ta'minlovchi tugmalar joylashgan. Bu tugmalardan tashqari panelda Zoom levels (Масштаб) nomli ochiluvchi ro`yxat joylashgan.
8-rasm
Zoom levels (Масштаб) ochiluvchi ro`yxat orqali 12 hil masshtabni tanlash mumkin:
To Selected (faqat ajratilgan ob'ektlar)
To Fit (hamma ob'ektlar)
Po Page (Varaqni yaxlit holatda ochish)
To Width (eni bo`yicha)
To Height (balandligi bo`yicha)
10 %, 25 %, 50 %, 75 %, 100 %, 200 %, 400 %.
Bundan tashqari Zoom (Масштаб) parametri maydonida standart bo`lmagan Масштаб koeffitsentlarini ham berish mumkin. Buning uchun talab qilinayotgan Масштабni protsentda berib ENTER klavishini bosish kerak.
Standart instrumentlar panelini har kim o`zining ish uslubiga moslab tuzib olishi mumkin.
Agar sichqoncha ko`rsatkichini instrumentlar panelidagi biron bir tugmaga ustiga qo`yib bir oz vaqt kutib tursak, tugmaning nomi yozilgan ma'lumot paydo bo`ladi. Shunda ekranning pastki qismidagi holat satrida bu tugmaning funktsiyasi haqidagi qo`shimcha ma'lumotlar paydo bo`ladi.
Atributlar paneli
Atributlar paneli (Property Bar) - bu hozirgi daqiqada qanday instrument yoki ob'ekt faol bo`lsa shunga qarab tarkibi va instrumental vositalari o`zgarib turuvchi panel hisoblanadi.
A tributlar paneli standart instrumentlar paneli ostida joylashadi.
9-rasm
Atributlar panelida ishlash jarayonida ko‘plagan menyu komandalari va dialog oynalaridan foydalanishga hojat qolmaydi.
Shunday qilib atributlar paneli qanday instrumentni ochsangiz shunga qarab o‘zgarib turadi.
Dialog oynasi
Corel DRAW da ba'zi bir harakatlar yoki komandalarni bajarish jarayonida qo‘shimcha informatsiya zarur bo‘lsa dialog oynasi paydo bo‘ladi.
Dialog oynasi bilan ishlashda sichqoncha yoki klaviaturadan foydalanish mumkin.
Klaviatura bilan ishlash jarayonida dialog oynasi elementining birisidan ikkinchisiga o‘tish uchun TAB klavishasini bosish lozim. Kerakli elementni topib olgandan so‘ng klavish yordamida bayroqchani qo‘yish yoki olib tashlash mumkin. Bundan tashqari undan ma'lumotlar ham kiritish mumkin.
|
| |